Namangan viloyat Kengashidan eksklyuziv loyiha!

Yoshlar jamiyatdagi muammolarni yumor orqali TVga olib chiqdi! Sizda ham ishtirok etish imkoniyati bor!

Yoshlar o‘rtasidagi turli muammolar, jamiyatdagi ijtimoiy nuqsonlarni yumordan foydalangan holda tanqid qilish va ularni bartaraf etish maqsadida “Quvnoq kayfiyat” loyihasiga start berildi.

Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi, viloyat teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rsatuvning ilk soni tasvirga olindi.

Ko‘rsatuvning yangi sonlari har hafta tasvirga olinadi
hamda tomoshabinlarga quvnoq kayfiyat ulashish uchun oyda to‘rt marotaba efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuvda ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyish etish istagidagi yoshlar va ijodiy jamoalar Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashiga murojaat etishlari mumkin.

Biz xoh jiddiy, xoh kulgu bilan bo‘lsa-da muammolarni oldini olish va bartaraf etish tarafdorimiz!