Navoiy viloyati hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Navoiy viloyati Navbahor tumanida viloyat hokimi K.Tursunov tuman yoshlari bilan uchrashdi. Hokim yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning tadbirkorlik faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan to‘siqlar, ish bilan bandlik borasidagi masalalar xususidagi fikrlarini tingladi.

Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov yoshlarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, ularning bir nechtasiga imtiyozli kredit asosida 40 ta tikuv mashinasi, 3 nafar kollej bitiruvchilariga elektr payvandlash uskunasi hamda 4 nafar qizlarga elektr pechlarini foydalanish uchun topshirdi.

3 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga tadbirkorlik qilishi uchun hech qanday foizsiz 5 yilga qaytarish sharti bilan 80 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur uchrashuvda yechimini kutayotgan bir qator muammolar mutasaddi tashkilot xodimlari bilan birgalikda joyida hal etildi. Yoshlarning ko‘plab murojaatlari o‘rganib chiqish uchun belgilab olindi.
- Qo'shildi: 03.08.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish