Navoiy viloyatida “Yoshlar mehnat guzari” o‘z faoliyatini boshladi

Yurtimizda yoshlarning yorug‘ istiqboli uchun yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Navoiy viloyatida yoshlarning chinakam imkoniyat minbari – yoshlar mehnat guzari ish boshladi.

Mehnat guzarida sartaroshxona, tikuvxonalar mavjud bo‘lib, jami 34 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Eng quvonarlisi shundaki, Yoshlar mehnat guzarida o‘z faoliyatini boshlagan yoshlarga tantanali ravishda mehnat daftarchalari topshirildi.

Bu haqida tadbirkor Elyor Abbosovning fikrlari bilan qiziqdik:
– Hali rejalarim ko‘p. Yoshlar mehnat guzari faoliyatimning boshlanishi. Nasib etsa, tadbirkorlik sohasidagi bor bilim va tajribamni ishga solib, ko‘plab yoshlarni bandligini ta’minlashga harakat qilaman.Bu oilam va xalqim iqtisodiyotiga qo‘shgan munosib hissam bo‘ladi.

“Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi davom etmoqda.