Navoiylik "Jasorat”chilar IIB inspektorlari ko‘magida 2 ta jinoyatni ochdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi qoshida tashkil etilgan “Jasorat” klubining 65 nafar a’zosi bor.

Ularning birinchi vazifasi — jinoyatga moyil va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan tengdoshlari bilan suhbatlar olib boradi va “o‘z tillari”da to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

Keyingi vazifasi profilaktik inspektorlariga “Davomat”, “Tungi reydlar” “O‘smir”, “Nazorat” kabi tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Kuni-kecha ushbu shtabning telefoni jiringladi. Va “Moskvich” avtomashinasi yo‘qolganligi ma’lum qilindi.

Profilaktik inspektorlari topshirig‘iga ko‘ra, “Jasorat” klubi a’zolari barcha biriktirilgan mahallalarda surishtiruv ishlarini olib borishdi. O‘g‘irlangan avtomashina profilaktik hisobda turuvchi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan olib qochilganligi aniqlandi.

Klub a’zolari “Tungi reyd” vaqtida “Navoiy Azot ATM”ga qarashli bazadan rangli metall o‘g‘irlayotgan fuqarolarni ham qo‘lga olishdi.

Bundan tashqari,"Piramida” kafesi oldida spirtli ichimlik ichib, jamoat tartibini buzayotgan shaxslar ham profilaktika inspektori xonasiga olib kelindi va uyali aloqa vositalari tekshirilganida, pornografik videolar borligi ma’lum bo‘ldi.

Boshlanishi yomonmas. Klub a’zolaridan yanada sergaklikni kutib qolamiz.