Navoiylik yosh fermer Azimbek Azimov 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, shahar hokimligi, viloyat bojxona boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnalogiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan “Tadbirkorlar kuni” loyihasini tashkil etdi.
Uchrashuv avvalida tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tavarlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmadan so‘ng ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
— 21 yoshdaman.Nurota tumanidagi “Azim ota” fermer xo‘jaligi rahbariman. Bugungi kunda 10 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiraman. 2017 yilda 60 tonna mosh mahsulotini Hindindon davlatiga eksport qildim. 2018 yilda esa yong‘oq va no‘xot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzoladim.
Mening kelajakdagi maqsadim — 500 mln. so‘m tijorat banklaridan kredit olib, ichki va tashqi bozorda o‘z mahsulotlarimni chiqarish. Buning natijasida 20 nafar ishchi doimiy va 10 nafar ishchi mavsumiy ish bilan ta’minlanadi, — deydi Azimbek Azimov.
Shuningdek, “Tadbirkorlar kuni” loyihasida yig‘ilgan barcha yosh tadbirkor va fermerlarning takliflari o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
- Qo'shildi: 18.01.2018
- Ko'rishlar: 17
- Chop etish