Nurota tuman Kengashi 5 nafar yosh hunarmandga klasterlik faoliyati uchun “nol” balansda joy ajratdi!

Tashkilot yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha amaliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritish uchun klaster hududida ishlab chiqarish maydonlari tashkil etilmoqda.

Bu orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, kreditlar olish, biznes rejalar tayyorlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, savdo bozorlarini topish va boshqalar uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy ko‘maklashilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lgan yosh tadbirkorlarga korxona tashkil topguniga qadar, ammo 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijara haqqining “nol” stavkasi bo‘yicha ijaraga berilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati, Nurota tuman Kengashi binosida 5 nafar yosh tadbirkor va hunarmandlarga joy ajratildi.

Kulolchilik yo‘nalishida Istamtosheva Ra’no, kashtachilik yo‘nalishida Nasiba Fayziyeva, tikuvchilik yo‘nalishida Bahora Hojiyeva, to‘quvchilik yo‘nalishida esa O‘roqova Muboraklar faoliyatlarini davom ettirishi uchun tadbirkorlik klasterlari tashkil etishdi.

Ushbu klasterlar nafaqat yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlanishi, balki, mahalliy aholi va faol bo‘lmagan yoshlarning ham ish bilan band bo‘lishiga zamin yaratdi.