“Oliy mukofot” kimga nasib etadi?

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar ittifoqiga qarashli “Yoshlar markazi” binosida O‘zbekiston Qur’oni karim musobaqasining respublika bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Uni xalqimiz va qo‘shni davlatlarda yashayotgan Qur’on muxlislari ishtiyoq bilan kuzatib borishyapti. Ayni paytda, ko‘pchilikni g‘olib qanday aniqlanishi qiziqtirishi tabiiy.

Ma’lumki, musobaqaning tuman-shahar va viloyat bosqichlari hifz va tilovat yo‘nalishlarida 3 toifa(18–25 yoshlilar; 26–40 yoshlilar; talabalar) da o‘tkazildi.

Respublika bosqichida esa, mutlaq g‘olibni aniqlash masalasi o‘rtaga tashlandi. 3 toifani birlashtirib yuborish taklifini ham berishdi. Agar shunday bo‘lsa, bir yo‘nalishdagi ishtirokchilari uchala o‘rinni ham egallab olishlari, qolgan ikki yo‘nalishdagilar o‘rinsiz qolishlari ehtimoli borligi, shu bois, e’tirozlar bo‘lmasligi va ishtirokchilarni munosib baholash maqsadida eng yaxshi yechim sifatida “Oliy mukofot” sovrinini joriy etish ma’qul topildi.

Unga ko‘ra, musobaqa shu bosqichgacha qanday kelgan bo‘lsa, shunday davom etadi: har bir yo‘nalishdagi guruhlarda alohida 1, 2 va 3-o‘rinlar bo‘ladi va ulardan qaysi biri eng yuqori ball olsa, o‘sha “Oliy mukofot” sohibi deb topiladi.

Bu bilan nizo va og‘rinishning oldini olish barobarida yurtimizda o‘tkazilayotgan Qur’on musobaqasining saviyasini xalqaro musobaqalar darajasiga olib chiqishga harakat va uning har jihatdan adolatli bo‘lishiga erishish nazarda tutildi.

“Oliy mukofot” faqat hifz yo‘nalishida bo‘ladi va yigitlar va xotin-qizlar uchun joriy etiladi. Shunda o‘lkamizda o‘tkazilayotgan bu yilgi Qur’on musobaqasida ayollard.