Oltinko‘lga “nima bo‘ldi”?

Jalaquduq tuman Kengashining faoliyati namunaviy tashkil etilganligining guvohi bo‘lgan Yoshlar yetakchisi oltinko‘llik yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganishga qiziqdi.

Afsuski, tuman Kengashining faoliyati ko‘ngilni xira qildi.

Kengash xodimlariga alohida xonalar mavjud emas. Yoshlar yetakchisi xonasi to‘liq jihozlanmagan. Sardorlarga umuman xona yo‘q. Devorlarda ham tashkilotning maqsad va vazifalarini aks ettiradigan biror-bir bannerlarga ko‘zingiz tushmaydi.

Ushbu masala, nafaqat tuman Kengashi, balki viloyat, qolaversa, qator hamkor tashkilotlarning oldida turgan muhim vazifa ekanligi inobatga olinib, holatni tezkorlik bilan yaxshilash yuzasidigan chora-tadbirlar belgilandi.

Yoshlar yetakchisi tez orada bu yerga yana qaytadi.