«O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining Modeli» — mutlaqo yangi ko‘rinishdagi loyiha o‘zi ishini boshladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida Yoshlar ittifoqining yana bir loyihasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislarini simulyatsiya qilish, yoshlarning qonun loyihalarini ishlab chiqish va isloh qilish jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirish, yoshlarda siyosiy ong va munozara madaniyatini shakllantirish, yoshlarning fikrini o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari bilan muloqot o‘rnatish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining Modeli» loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyihada 18 dan 27 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy faol yoshlar vakillari, siyosiy partiyalar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari qatnashmoqda.

Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlik guruhlari va siyosiy partiyalar fraksiyalari tuzilib, siyosiy partiya fraksiyalari vakillari ishtirokida seminar va guruhlarda qonun ijodkorligi jarayonida siyosiy partiyalarning o‘rni, elektorat bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama etilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishiladi hamda Qonunchilik palatasining yalpi majlisi, qonun loyihasining muhokamasi va qabul qilinmoqda.