O‘zbekiston va Sankt-Peterburg qator sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi
Kelajak oldidagi mas’uliyat — taraqqiyot uchun xizmat qiladi
(2-maqola, Sankt-Peterburg)
30 nafar yoshlar o‘qishini tugatib, O‘zbekistonga qaytadi
O‘zbekiston delegatsiyasining safari Sank-Peterburg shahrida davom etdi. Dastlab Transport universitetida tashkil etilgan ochiq muloqotda Sankt-Peterburgdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, qolaversa, rektorlari ham ishtirok etdi. Uchrashuv ko‘tarinki, samimiy va ochiq ruhda o‘tdi. Bu borada oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham o‘zlariga tegishli murojaatlarga atroflicha javob qaytardi. Ochiq muloqot davomida 30 nafar vatandoshimiz o‘qishini tugatib, O‘zbekistonga qaytishini ma’lum qildi.

Qolaversa, O‘zbekiston delegatsiyasi Smolniy saroyida Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat tomonidan avvaldan belgilangan hujjatlar asosida mehnat migrantlari bilan tizimli ishlarni namunali tarzda tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.Uchrashuv boshida Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar har sohada jadallik bilan rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aprel oyida Rossiyadagi tashrifi chog‘ida migratsiya, mintaqalararo aloqalar, sayyohlik, sog‘liqni saqlash sohalarida hukumatlararo bitimlar imzolangani qayd etildi.
Kelayotgan haftada esa Sankt-Peterburgning madaniy va biznes Forumi Toshkentda bo‘lib o‘tilishi ma’lum qilindi. Va ushbu Forum O‘zbekistonda o‘tkazildi.
Qolaversa, mehnat migratsiyasini boshqarish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yo‘nalishlar hamkorlikning dolzarb masalalari sifatida baholandi. Bu yo‘nalishlarda yoshlar tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutildi. Oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.
Georgi Poltavchenko O‘zbekistonning yoshlar bilan ishlashga bo‘lgan munosabati haqida ijobiy gapirdi. Chet elda o‘qish yoki ishlash uchun safarga chiqqan respublika yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, gubernator o‘z shahrida millatlararo va dinlararo tinchlik-totuvlikni, barqarorlikni mustahkamlashda Sankt-Peterburgdagi "O‘zbegim" markazining roliga yuksak baho berdi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari Qahramon Quronboyev va Sankt-Peterburg gubernatori yoshlar siyosati masalasida qator kelishuvlarni amalga oshirish rejasini tuzishdi.
— Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvimiz va rejalashtirilgan hamkorlikdagi tadbirlarimiz kelgusida mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida muhim rol o‘ynaydi, — dedi Georgiy Poltavchenko uchrashuv so‘nggida.

Delegatsiya a’zolari Sankt-Peterburgda zaharlangan O‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar oldi
Xabaringiz bor, turli ommaviy axborot vositalari tomonidan "Narodniy" supermarketida ishlayotgan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari zaharlanib, shifoxonaga tushgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Shu zahoti, delegatsiya o‘z dasturiga o‘zgartirish kiritib, 33 nafar bemorni borib ko‘rdi. Ularning faqatgina 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Delegatsiya ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston va Sankt-Peterburg qator sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi
Delegatsiya a’zolari Sankt-Peterburgda O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga ishlashga borgan mehnat muhojirlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, muhojirlarning yo‘qotgan fuqarolik pasportlari ularning Vataniga qaytishiga to‘siq bo‘layotgani alohida ta’kidlandi. Bu masala yuzasidan delegatsiya a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev migrantlarga kerakli tavsiyalarni berdi. Suhbat davomida mehnat muhojirlariga amaliy yordam berish va ularni Vatanga qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
Yoshlarimiz Yengil atletika feredatsiyasining kubogi sohibi!
Delegatsiya Sankt-Peterburg Yengil atletika feredatsiyasining kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Turli millat va elat vakillaridan iborat 2 ming nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan musobaqada ilk marotaba o‘zbekistonlik yoshlardan 5 ta guruh shakllantirildi. Natijaga ko‘ra, vatandoshlarimiz 4-o‘rinni egalladi. Delegatsiya a’zolari yoshlarning faolligi va fidoyiligini e’tirof etishdi. Millat va mamlakat obro‘-e’tibori va nufuzi uchun yakdillikga chaqirdi.

500 kishilik liq to‘la zal oyoqqa turdi
O‘zbekiston delegatsiyasining Santk-Peterburgdagi safari yoshlar hayotidagi qator ijobiy jarayonlarni boshlab yubordi. Bugun Sankt-Peterburgda tashkil etilgan ochiq muloqotdan so‘ng, vatandoshlarimiz uchun konsert dasturi taqdim qilindi. Millatdoshlarimiz o‘z ona tillarida Vatan, tinchlik, ota-onani madh etuvchi qo‘shiqlarni maroq bilan tinglashdi. Sho‘x musiqalarga esa "o‘zbekcha"siga raqsga tushishdi. Liq to‘la zal konsert davomida oyoqqa turdi. Vatandoshlarimiz uchun elimiz ardog‘idagi san’atkorlar Mirza Azizov, Samandar Hamroqulov, Anvar Sobirovlar xizmat qilishdi.

Qahramon Quronboyev: “Yoshlarimizning ko‘zlari yonib turganda, ularga g‘amxo‘rlik qilmaslikka haqqimiz yo‘q”
2017-yil, 4-noyabr. Sankt-Peterburgdagi teatr. 500 kishilik zal turli oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistonlik talabalari va hududdagi mehnat migrantlari bilan liq to‘la. Davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari yig‘ilganlar bilan qariyb bir yarim soat ochiq muloqot o‘tkazdi. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini sodda, samimiy tilda gapirib berdi. O‘z navbatida yig‘ilganlarning munosabatlari o‘rganildi.
Ochiq muloqotda delegatsiya tarkibida borgan qator turli hukumat vakillari ham so‘zga chiqishdi. O‘zbekistonda bugun xalq manfaati hamma narsadan ustun qo‘yilayotganini alohida e’tirof etishdi. Fuqarolarning turish-turmushi o‘zgarayotgani va bu siljish mamlakat taraqqiyotiga ham xizmat qilayotganligini ta’kidlashdi.
Muloqot davomida namoyon bo‘ldiki, yoshlarimizning dunyoqarashi mutlaqo o‘zgargan. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlarini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlayapti. Vatani kelajagiga ishonchi bor.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida 30 nafarga yaqin yoshlar O‘zbekistonga qaytishga va’da berdi. Bir nafar yosh oila vakillari esa ertaning o‘zidayoq ona yurti bag‘riga qaytish niyati borligini bildirdi. Qolaversa, 3 nafar tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan malakali shifokorlar ham endilikda bor iqtidorini O‘zbekistonda sohaning rivojlanishi va aholining salomatligiga bag‘ishlaydigan bo‘ldi.
Noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan chiqib ketgan mehnat migrantlariga amaliy yordam berishga kelishildi.
Ushbu ochiq muloqot “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilining to‘laqonli mohiyatini ochib berishga xizmat qildi.
- Qo'shildi: 13.11.2017
- Ko'rishlar: 15
- Chop etish