O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Hindistonda! Tashkilot Hindiston davlati bilan ham endilikda hamkorlik qiladi!
11-dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 21 nafar delegatsiya a’zolari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov boshchiligida Hindistonning Dehli shahriga yetib keldi.

Delegatsiya a’zolari safarning birinchi kunida Hindiston hukumatining Sport va yoshlar masalalari bo‘yicha vazirligi binosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi kotibi doktor A.K.Dubey bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Hindiston yoshlar tashkilotlari vakillari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot mobaynida Hindiston hukumatining Sport va yoshlar masalalari bo‘yicha vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar almashildi.

Shuningdek, mazkur tashkilotlar o‘rtasida xalqaro loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik va uning ijrosi bo‘yicha istiqbollar belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasida delegatlarning hind bilim yurtlarida ta’lim oluvchi o‘zbek yoshlari hamda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganuvchi hind yoshlari o‘rtasida norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv doirasida ilm-fan va ta’lim, madaniyat, turizm va startaplarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelgusida birgalikda ishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Safar davom etmoqda....
- Qo'shildi: 13.12.2017
- Ko'rishlar: 16
- Chop etish