O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Germaniyaga safari davom etmoqda!

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi ayni kunlarda Germaniya davlatida. Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari ARD-Germaniya telekanallari assotsiatsiyasiga tashrif byurishdi. Germaniya federal Yoshlar kengashi prezidenti Liza Maya ham uchrashuvga qatnashdi.

Delegatsiya ARD-Germaniya telekanallari assotsiatsiyasining tarixi, bugungi faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari, axborotlarni tayyorlash va uzatish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.

60 yildan buyon Poytaxt studiyasining kechki soat 20:00 da efirga uzatiladigan va bir vaqtning o‘zida 11 million tomoshabin kuzatib boradigan “Target show” (Xabarlar) ko‘rsatuvining tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Telekanallar xorijiy davlatlar bilan axborot almashishdan tiyiladi va faqat hujjatli filmlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bunda chet eldagi voqea-hodisalar, jarayonlar yuzasidan faqat o‘z muxbirlari tayyorlagan materiallarga tayanadi.

Kadrlar bilan ishlashda ularning mutaxassisligidan qat’iy nazar, berilgan vazifani qay darajada bajarishi hisobga olinadi.

Robin Lotenbax (ARD-Germaniya telekanallari assotsiatsiyasi mas’ul xodimi)da O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari xususidagi ma’lumot katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining mamlakatimiz va Germaniyada amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati natijalarini ikki davlat telekanallarida yoritish bo‘yicha taklifini ma’qullagan holda ARD-Germaniya telekanallari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan bu masalani o‘rganib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.

Safar davom etmoqda.