“O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI MUKOFOTI” sovrindorlari bilan tanishing!

“O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI MUKOFOTI” sovrindorlari

“Yilning eng yaxshi yosh deputati” nominatsiyasi

Nosirova Dilnavoz Ilhomovna

1989-yilda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida tug‘ilgan.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi Zarafshon shahar kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zi saylangan 22 - “Istiqlol” saylov okrugi hududida istiqomat qilib kelayotgan aholi muammolarini ijobiy hal etishda, fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida va asosli ijro etilishida hamda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholi vakillari ijtimoiy-huquqiy madaniyatining to‘g‘ri shakllanishida tizimli ishlarni tashkil etib kelmoqda.

Uning tashabbusi bilan Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi sessiyalari kun tartibiga 3 marotaba yoshlar muammolariga aloqador bo‘lgan masalalar kiritilgan.

2017-yilda 14 nafar fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etgan. Uning deputatlik faoliyati viloyat OAVlarida 50 marta yoritilgan.

“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha

o‘rinbosari” nominatsiyasi

Baxramov Akmal Abdulxayevich

1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Tuman hududida joylashgan mahallalar kesimida ijtimoiy-siyosiy holatni barqarorlashtirish maqsadida qisqa vaqt orasida 58 marotaba aholi bilan profilaktik uchrashuvlar o‘tkazgan.

Uning tashabbusi bilan Olmazor tumani IIB da profilaktik hisobda turgan shaxslarni taftishdan o‘tkazish maqsadida 11 ta guruhlar tashkil etilib, har bir xonadonda yashovchi profilaktik hisobda turgan shaxslarning xonadonlariga ro‘yxat bo‘yicha uyma-uy kirib, ular bilan suhbatlashilgan, fuqarolarning muammolarini o‘rganib, hal etish choralari ko‘rilgan.

2017-yilda uning sa’y-harakatlari bilan tumandagi umumiy jinoyatchilik soni 90 taga kamaygan.

2017-yilda Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan berilgan yuklamalar va eng muhim tezkor topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli tarzda bajarib kelganligi uchun taqdirlangan.

“Yilning eng yaxshi yosh mahalla posboni” nominatsiyasi

Baqoyev Fazliddin Nasriddin o‘g‘li

1993-yilda Navoiy viloyati, Navoiy tumanida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Karmana tumanidagi “Alisher Navoiy” MFYda “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari sifatida ishlab kelmoqda.

2017-yilda mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ta fohishaxona faoliyati tugatilishi, 1 nafar giyohvandlik vositasi yetishtirgan fuqaro faoliyati tugatitilishiga erishgan.

Uning sa’y-harakatlari bilan 7 nafar oilaning ajralib ketishi oldi olingan.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish maqsadida 15 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etgan.

Uning tashabbusi bilan hududdagi ishsiz yurgan uyushmagan 14 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan.

“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) kengashi raisi” nominatsiyasi

Arslonov Zafar Doniyorovich

1986-yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Pop tumani Kengash raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

2017-yilda ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilgan 117 nafar yoshlardan 93 nafarini ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatgan.

Tumanda aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birga 8 marta mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 2 343 nafar yoshlar qamrab olingan.

Shuningdek, hududdagi yoshlarning 2 nafariga fermerlik faoliyatini boshlashda, 1 nafariga yer maydonini ajratishda, 6 nafarining bandligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatgan.

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasi

Murodova Ifora Erkin qizi

1994-yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan.

Yosh tadbirkor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat xududiy boshqarmasining faol a’zosi.

Ayollar va bolalar uchun milliy va zamonaviy liboslar yaratish, viloyatda tekstil sanoatini yangi bosqichga olib chiqishda hissa qo‘shib kelmoqda.

Trikotaj mahsulotlari ishlab chikarish sexini va o‘z shaxsiy otelyesini ochib,

3 nafar yoshni doimiy ish bilan ta’minlagan. “IFORA” brendini Respublika va jahonda keng yoritishni maqsad qilgan.

2017-yilda Toshkent shahrida UzTEA va YLDP tashkilotlari tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro sammitda o‘zining ilk shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etgan.

2017-yilda O‘zLiDeP tomonidan tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy shahar bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

2017-yilda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Umumiy boshqaruv ko‘nikmalari” mutaxassislik kursida xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan.

“Yilning eng yaxshi yosh fermeri” nominatsiyasi

Mamanova Nargizaxon Abdurazzoq qizi

1993-yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tug‘ilgan.

2012-yilda Toshkent yuridik kollejini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012-yilda Karmana tumanidagi “Sevoltepa ravnaqi” fermer xo‘jaligi huquqshunosligidan boshlagan.

2013-yilda “Obod turmush kelajagi” fermer xo‘jaligini tashkil etgan. Bugungi kunda fermer xo‘jaligi ixtiyorida 110 gektar yer maydoni mavjud. Shundan

44 gektarida paxta, 22 gektarida g‘alla yetishtiriladi, qolgan yer maydoni yaylovlardan iborat. Fermer xo‘jaligida 15 nafar odam doimiy ish bilan ta’minlangan.

2017-yilda har gektar paxtadan 40 sentnerdan, xususan 80 tonna paxta,

70 sentnerdan g‘alla hosili yetishtirgan.

2017-yilda paxta yig‘im terimida “Fidoiy yoshlar” otryadida ham faollik ko‘rsatib kelgan.

2014-yilda Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatligiga saylangan.

U qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar bog‘chalari va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 13 million so‘m mablag‘ va 24 tonna bug‘doy homiylik qilgan.

U fermer xo‘jaligini yanada rivojlantirish, jumladan, intensiv bog‘ yaratish, naslli chorvachilikni yo‘lga qo‘yish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun zamonaviy muzlatkichli omborxona qurish borasida loiyhalarni ilgari surmoqda.

“Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi” nominatsiyasi

Sagdullayev Faxriddin Isomiddin o‘g‘li

1990-yil Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bolalar ijodiyoti markazining amaliy kulolchilik studiyasi to‘garak rahbari sifaida faoliyat yuritib, ushbu studiyada 100 ga yaqin yoshlarga kulolchilik san’ati bo‘yicha saboq berib kelmoqda.

Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan XXI-Xalqaro tanlovda I darajali diplom bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus-2015” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishi bo‘yicha I o‘rinni qo‘lga kiritgan.

U bugungi kunga qadar 200 dan ortiq shogirdlar tayyorlagan, badiiy kulolchilik bo‘yicha asosan yoshlarga o‘z hunarini o‘rgatib kelmoqda.

“Yilning eng yaxshi fidoiy yoshlar otryadi a’zosi” nominatsiyasi

Mamayusupova Nodira Qaxramon qizi

1993-yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tug‘ilgan.

2016-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan.

“Paxta-2017” yig‘im-terim mavsumida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Pop tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Fidoyi yoshlar otryadlari” loyihasining 8-sonli otryad rahbari sifatida faollik ko‘rsatgan.

U 92 nafar nafar uyushmagan yoshlarni jalb etgan holda mavsum yakuniga qadar samarali ish tashkil etib, 3000 tonnadan ortiq paxta xosilini yig‘ib-terib olinishida o‘z hissasini qo‘shgan.

U tumandagi yoshlarni o‘z ortidan ergashtigan holda bildilgan ishonchni oqlay olishi bilan yoshlar orasida hurmatga ega.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkazilgan loyihada belgilab berilgan rejani bajarilishida ulkan tashabbus ko‘rsatgan.

“Yilning eng yaxshi talabasi” nominatsiyasi

Egamberganov Xakimboy Qudrat o‘g‘li

1995-yil Xorazm viloyati, Urganch tumanida tug‘ilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti matematika yo‘nalishining 4-bosqichida tahsil olmoqda.

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Jautikov olimpiadasida oltin medal, Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan.

2015-yilda Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan 22-xalqaro matematika olimpiadasi, 2016-yil Kiprning Protoras shahrida bo‘lib o‘tgan SEEMOUS xalqaro 10-olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2015, 2016, 2017-yillarda matematika fani bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. Fan olimpiadalarida doiiy ravishda noodatiy kombinatorlik yechimlari bilan hakamlar hayatini hayratda qoldirgan.

2015-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, 2016-yilda Mirzo Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

2017-yilda Belorussiya Respublikasining Mogilyov shahrida o‘tkazilgan talabalar o‘rtasidagi 8-xalqaro ochiq matematika olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan halqaro onlayn matematika olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Bolgariya davlatining Blagoyevgrad shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 24-IMC xalqaro matematika olimpiadasida qatnashib oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

Bugungi kunda “m-sh funksiyalar sinfida sig‘imlar” va “p-qavariq geometri” yo‘nalishida izlanish olib bormoqda.

“Yilning eng yaxshi o‘quvchisi” nominatsiyasi

Mamajonova Barno Taxirovna

2002-yilda Toshkent shahri, Shayhontohur tumanida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Shayhontohur tumanidagi 59-son davlat ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinfida tahsil olmoqda.

2008-yilda “Kamalak yulduzlari” Respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan.

2010-yilda Polshada bo‘lib o‘tgan “Bahorgi yulduzlar” nomli xalqaro festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2011-yilda Chexiyada bo‘lib o‘tgan bolalar festivalida 1-o‘rinni yegallagan.

2012-yilda “Yosh iqtidor egalari” tanlovida o‘qish fanidan 1-o‘rinni, 2013-yilda “Ylning eng yaxshi bilimdon o‘quvchisi“ ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlarida 1-o‘rinni egallagan.

2016-yilda “Milliy raqslar” Respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi hamda “Betakrorimsan, yagonamsan, Ona Vatanim-O‘zbekistonim!” mavzusida o‘tkazilgan insholar ko‘rik tanlovida 1-o‘rin qo‘lga kiritgan.

2017-yilda “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2016-2017- o‘quv yilida ona tili va adabiyot fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

“Yilning eng yaxshi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” nominatsiyasi

Ziyatdinova Malika Raximbayevna

1992-yil Toshkent shaxrida tug‘ilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2015-yil Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining 9 nafar bitiruvchisini imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatgan.

“Yetakchilar forumi” da yil davomida hamkorlikda faoliyat yuritgani, bir qator tadbirlarni Toshkent shahar miqyosida namunali tashkil etganligi uchun Toshkent shahar Kengashi tomonidan munosib taqdirlangan.

“Yurt kelajagi” Respublika tanlovida 2 nafar o‘quvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

“Butun jahon ixtirochilar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Yosh ixtirochilar” ko‘rgazmasida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2017-yilda 5 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda va imtiyozli kredit olishida ko‘maklashgan.

2017- yilda O‘zbekiston Respublikasidagi 265 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari o‘rtasida tashkilotga oid hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan o‘quv-seminarda trener sifatida ishtirok etgan.

2017-yilda hududdagi 70 dan ortiq uyushmagan yoshlarni to‘garaklarga jalb etgan.

2017-yilda 2 nafar muntazam dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga erishgan.

2016-2017-o‘quv yillarida jami 8 marotaba ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazib, o‘quvchilar muammolarini aniqlab, bartaraf etib borgan. Jumladan, o‘quvchilar talabi bilan kollej oshxonasidagi mahsulotlarning narxi 5 % ga kamaytirilgan. 2017-yilda uning tashabbusi bilan kollejda 8 nafar kam ta’minlangan o‘quvchilarga bepul oylik yo‘l chiptasi olib berilgan.

“Yilning eng yaxshi yosh teatr rejissyori” nominatsiyasi

Xusanov Rustamjon Ravshanjon o‘g‘li

1992-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Qo‘qon davlat pedagogika institutida tahsil olmoqda, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qo‘qon shahar kengashi yoshlar qanoti raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan Respublika targ‘ibotchilar markazi a’zosi.

Dramaturg Azamjon Azizovning “Raxmat sizga, Hosilbobo” ertak-pyesasi hamda “Qizil qalpoqchaning O‘zbekistondagi sarguzashtlari”, dramaturg va pedagog Jo‘ra Mahmudning “Quloqsiz ho‘tikcha”, “Quvnoq jo‘jalarning sarguzashtlari”, “Kuyovning tug‘ilgan kuni” spektakllarini sahnalashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 25 yillik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

“Biz – O‘zbekistonning baxtli yoshlari” nomli loyihasi uchun Davlat granti sohibi bo‘lgan.

“Yilning eng yaxshi yosh kino rejissyori” nominatsiyasi

Azizova Muxlisa Sabirovna

1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino va televideniye rejissyorligi yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil olmoqda.

2014-yilda “Geolog – o‘limdan kuchli” filmi loyihasi muallifiprodyuseri bo‘lgan.

Uning rejissyorligidagi “Tinchlik sohili” qisqa metrajli filmi “PROlogue – 2016” festivalida “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

2017-yilda uning rejissyorligidagi “U” qisqa metrajli filmi “PROlogue – 2017” festivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli film” bosh mukofoti sovrindori bo‘lgan, 7 ta xalqaro kinofestivallarda ishtirokda etgan.

2017-yilda uning rejissyorligidagi “Welcome to Bukhara” promo-roligi mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan.

Bugungi kunda “Chayon” nomli film loyihasi ustida ishlamoqda.

“Yilning eng yaxshi yosh teatr aktyori” nominatsiyasi

Anarbayeva Nigina Sharaxmedovna

1989-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Bugungi kunda O‘zbek milliy akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat olib bormoqda.

Teatr sahnasida 20 ga yaqin turli harakterdagi obrazlarni ijro etgan.

Jumladan, “Rustam”da Qimmat, “O‘tgan kunlar”da Kumush, “O‘zbekcha raqs”da Masha, “Omonat dunyoda” Xamshira, “Imon”da Ozoda, “Zamindan olis ketma”da Lola, “Tong otgan taraflar”da Kunyorug‘, “Alisher Navoiy”da Guli, “Tartyuf”da Marianna kabi qator spektakllarda rollar ijro etgan.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilayotgan filmlarda, “Xiyonat pilla poyalari”da Dilafruz, “Binafshalar diyori”da Shahnoza, “Umid”da Nigora, “Jasur”da qiz kabi kino obrazlarni ijro etib kelmoqda.

2017-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasida faol ishtirok etgan.

“Yilning eng yaxshi yosh kino aktyori” nominatsiyasi

Normatova Feruza

1989-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

Bugungi kunda O‘zbek davlat drama teatri aktrisasi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Filmografiyasi:

“Hur qiz” (2011), “Qora ilon” (2011), “Shu yetmay turuvdi” (2012), “Akajon, xizmatingizdamiz” (2012), “Iltimos, menga qarang” (2012), “Mehrigiyo” (2012), “Qudamni ko‘rmadingizmi?” (2013), “Tasodif” (2013), “Ajab bo‘libdi” (2013), “Hasan ibn Husan” (2013), “Qadamlar” (2013), “Qizalog‘im” (2015) filmlari, “Fitna” seriali (2017)da rol ijrochisi.

Mumtoz yo‘nalishda “Yilning eng yaxshi yosh qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyasi

Muxtarova Diyoraxon Valijon qizi

2008–2011-yillarda Farg‘ona san’at kollejida tahsil olib, namunali tarzda tamomlagan.

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik - tanlovi respublika bosqichida faol ishtirok etgan.

U o‘z ijodi davomida ko‘plab o‘zbek mumtoz qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Hozirda konservatoriyadagi ustozlaridan maqom san’ati sirlarini puxta o‘zlashtirmoqda.

Viloyat va respublika miqyosida o‘tkaziladigan bir qator madaniy tadbirlar va konsert dasturlarida muntazam ravishda o‘z chiqishlari bilan qatnashib keladi.

U tirishqoqoligi, o‘ziga nisbatan talabchanligi va noyob iste’dodi bilan ustozlari va san’at vakillari e’tiboriga tushmoqda.

Opera yo‘nalishida “Yilning eng yaxshi yosh qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyasi

Isroilov Umid Shavkatovich

1988-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatri opera solisti.

2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiing yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangan.

2011-yilda Nazira Axmedova nomidagi opera xonandalari tanlovida 2-o‘rinni, Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Romansiada-2013” Xalqaro tanlovda 1-o‘rinni, 2013-yilda Kaluga shahrida o‘tkazilgan Maksim Mixaylov nomidagi opera xonandalari xalqaro tanlovida 3-o‘rinni, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Romansiada-2013” xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egallagan, 2014-yilda Astana shahrida o‘tkazilgan Bibigul Tulegenova nomli yosh opera xonandalari xalqaro tanlovida diplom bilan taqdirlangan.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti” ishtirokchilari sharafiga, Sharof Rashidovnig 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsert dasturlarida ishtirok etib, muxlislar olqishiga sazavor bo‘lgan.

2017-yilda “Mustaqillik kuni”, “Navro‘z”, “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, “Vatan himoyachilari kuni” kabi bayramlarga bag‘ishlangan davlat tadbirlarida ishtirok etgan.

“Toshkent bahori”, “Yoshlar bahori” opera va balet san’ati festivallarida doimiy ishtirok etib kelmoqda. U Jorj Bizening “Karmen” operasida Don Xose, M.Bafoyevning “Xamsa” operasida Farxod, Doni Zettining “Sevgi sharobi” operasida Nemorino, Vorelasning “Olovidinning sehrli shamchirog‘i” operasida Aloviddin partiyalarini muvaffaqiyatli ijro etgan.

Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Azian voche” konsertida ishtirok etgan.

Estrada yo‘nalishida “Yilning eng yaxshi yosh qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyasi

Ortiqov Sherzodbek Sherbutayevich

1989-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2008-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik vokal bo‘limini tamomlagan.

“Mardi-maydon!” jonli ijrodagi ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

“Darmonim”, “Janon pari” kabi qo‘shiqlari aholi o‘rtasida ommalashgan.

2013-yilda “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan jonli konsert dasturini taqdim etgan.

2013-yilda “Nihol” davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.

2015-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar, Sergeli tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nazm yo‘nalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” nominatsiyasi

Mahmudova Baxtiniso Eshquvvatovna

1993-yilda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida tug‘ilgan.

Erkin ijodkor.

Ijod namunalari bilan chiqish qilib kelmoqda. Jumladan, “Oila davrasida”, ”Kitob dunyosi”, “Ma’naviyat ko‘zgusi”, “Sado” kabi gazetalarda, qolaversa, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Gulxan”, “Gulchehralar”, “A’lo kayfiyat”, “Sohibqiron yulduzi” jurnallarida nasr, nazm, publitsistikadagi 200 dan ortiq ijodiy ishlari e’lon qilingan.

2015-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan “Biz istiqlol farzandlarimiz” yoshlar bayoziga, 2014-yilda Respublika teleradiokompaniyasining “Yoshlar” radiosi tomonidan chop etilgan “Ko‘nglim gulga payvasta” she’riy to‘plamiga uning ham she’rlari kiritilgan.

“Yurt kelajagi-2015” iqtidorli yoshlar tanlovining “Adabiyot va publitsistika” yo‘nalishi, “Jurnalistika” nominatsiyasi bo‘yicha mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Uning “Hovuchdagi yurak” nomli ilk kitobi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida (2014), “Ufqqa yo‘l” nomli ikkinchi she’riy to‘plami esa “Navro‘z” nashriyotida (2015) nashr etilgan.

U 2017-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan I Respublika yosh ijodkorlar forumidagi faol ishtiroki uchun taqdirlangan.

2017-yil “Guliston” jurnalining 5-sonida, “Kitob dunyosi” gazetasining 21-sonida, “Adabiyot” gazetasining 29-sonida, “Daryo” gazetasining 17-sonida, “Tasvir” gazetasining

38-sonida va “Bekajon” gazetasida doimiy turkum she’rlari va maqolalari e’lon qilingan. Internetdagi www.kh-davron.uz elektron kutubxonasidan “Xudo va yig‘i” badiasi va bir turkum yangi she’rlari o‘rin olgan.

Nasr yo‘nalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” nominatsiyasi

Ibragimova Nodira Shuxratjonovna

1989-yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan.

Adabiyotning nasr yo‘nalishida ijod qiladi.

2016-yil mitti hikoyalari ingliz tilida Hindistonning “Episteme” jurnalida hamda

2017-yil AQSHning “Setu” jurnalida e’lon qilingan.

2016-yili Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Iste’dod maktabi” VIII Respublika yosh ijodkorlar seminarida nasr yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.

2017-yilda “Yoningdagi baxt” nomli hikoyalar to‘plami “Birinchi kitobim” loyihasida 10 ming nusxada chop etilgan.

2017-yilda Shvetsiya davlatida o‘tkazilgan Yevroosiyo adabiy xalqaro festivalida ijodiy ishlari ijobiy baholanib, finalchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

2017-yilda “Jodugar yoxud ming yillik hayot” qissasi hamda “Dunyodagi eng baxtli odam” tarjimalar to‘plami chop etilgan. Ijodiy ishlari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, ”Kitob dunyosi” gazetalarida, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”,”Ijod olami” jurnallarida e’lon qilingan.

2011-yildan 2017-yilgacha 100dan ortiq hikoya va qissalari respublika nashrlarida chop etilgan.

“Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti” nominatsiyasi

Jumamurodov Akmal Allayarovich

1988-yili Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan.

“Yosh kuch” jurnali mas’ul kotibi.

2012–2015-yillarda “Hurriyat” mustaqil gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan. “Eng yaxshi she’r – eng yolg‘on she’rdir”, “Badal”, “Yangiobod bozorida...”, “Palag‘da tuxumlar”, “Kalavaning uchi”, “Zarafshon”ning soyasi hammaga ham yetmaydi”, “Tuman gazetalari yomg‘ir chaqirmoqda” kabi tahliliy-tanqidiy materiallar, “O‘rdakchi momo nima deydi?”, “Madayev deganlari shu...”, “So‘najon apka”, “Mening she’rim”, “Laqab qishloq hangomalari”, “Bobomiz aytgan gaplar...”, “Ijod va kurash” kabi badiiy publitsistik maqolalar muallifi.

“Yilning eng faol jurnalisti – 2013” tanlovi Respublika bosqichi sovrindori.

“Quyoshday mehribon Vataning – onang!” maqolasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” publitsistik maqolalar to‘plamidan joy olgan.

2017-yili “Yoshlar” radiokanalida “Zamonamiz qahramoni” turkum dasturining bitta soni Akmal Jumamurodov ijodiga bag‘ishlangan.

Uning “Uchchanoq” nomli hikoyasi 2017-yili G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan “Muhabbatning mangu ertagi” to‘plamiga kiritilgan.

Badiiy publitsistika yo‘nalishida qalam tebratadi. Ijodiy ishlari “Hurriyat”, “Ma’rifat”, “Yosh kuch”, “Yoshlik”, “Ma’naviy hayot” kabi gazeta-jurnallarda chop etilgan.

2016-yili Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” fondi tomonidan uning “Ko‘z ochgan buloqlar” nomli maqolalar to‘plami chop etilgan.

2011–2017-yillarda 70 ga yaqin ijodiy ishi respublika nashrlarida e’lon qilingan.

“Yilning eng yaxshi yosh rassomi” nominatsiyasi

Ro‘ziboyev Doston Hasan o‘g‘li

1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Milliy rassomchilik va dizayn institutining 3-bosqichida tahsil olmoqda.

2015-yil O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan e’lon qilingan grantda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining 2016-yil 22 apreldagi bayoniga binoan ta’sis etilgan “Tasviriy va amaliy san’at festivali” Oltin medali bilan taqdirlangan.

2017-yil o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivalida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” yo‘nalishida faol ishtirok etgani uchun diplom bilan taqdirlangan.

Asarlarida natyurmort, manzara va portret, milliy janrlarda juda katta mahorat bilan ishlangan. Asarlarida milliylik, badiiylik kompozitsion yechimlari topilgan.

“Yilning eng yaxshi yosh dizayneri” nominatsiyasi

Ermatov Farrux G‘anijonovich

1987-yilda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan.

Bugungi kunda “Sog‘lom avlod” gazetasi sahifalovchi-dizayneri lavozimida ishlab kelmoqda.

2017-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 100 kunligiga bag‘ishlangan broshyura (2 tilda), O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari to‘g‘risidagi broshyura (ingliz tilida) dizaynini tayyorlagan.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati brendi, Shahrisabzning tarixi va buguni to‘g‘risidagi “SHAKHRISABZ – where history meets future” kitobi, O‘zbekiston tarixi, madaniyati, an’analari, san’ati va boshqa jabhalarini xalqaro maydonda keng targ‘ib qiluvchi “VISIT UZBEKISTAN” jurnali, Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Ulug‘ saltanat vasfi” kitobi, O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov yubileyiga bag‘ishlab chop etilgan “Shoirlik qismati” kitobi dizaynini tayyorlagan.

“Navqiron jurnalistlar – 2017” yosh jurnalistlar media oromgohiga brend konsetsiya, O‘zbekiston hunarmandchiligini, ayniqsa, yosh hunarmandlarni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan “OXUS ART GROUP” loyihasi brendini yaratgan.

“Yangi internet tashabbusi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi, “saviya.uz” veb sayti dizaynini yaratgan.

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasi

Sindarov Javohir Sanjarbekovich

2005-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-sonli umumta’lim maktabida tahsil olmoqda.

2013-yilda shaxmat bo‘yicha 10 yoshgacha bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, Eronning Sari shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida

8 yoshgacha shaxmatchilar o‘rtasida shaxmatning blis yo‘nalishida kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

2014-yilda Gretsiyaning Kavala shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati rapid va blis yo‘nalishlarida ikki oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra jaxon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.

2015-yilda Tailandning Patayya shahrida bo‘lib o‘tgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionatida blis yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2016-yilda Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida Jahon chempionatida 2 ta medalni qo‘lga kiritgan (klassik yo‘nalishida 2-o‘rin, terma jamoa tarkibida 1-o‘rin).

2017-yilda 12 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, 12 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatining standart va blis yo‘nalishlarida oltin medal sohibi bo‘lgan, G.Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda 20 yoshgacha yoshlar o‘rtasida 1-o‘rinni egallagan.

2017-yilda erkaklar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionatida 4-o‘rinni egallagan, 12 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Kumush medalni qo‘lga kiritgan.