O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ishlashni xohlaysizmi?

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi 7, 21, 22, 24, 28, 45, 46, 49, 50, 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda Xizmat va servis kasb-hunar kollejidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar yetakchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.
Yoshlar yetakchisi lavozimiga 35 yoshdan oshmagan, yoshlar orasida obro‘-e’tibor qozongan, tegishli ta’lim muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘qituvchilar, boshqa tizimlarda faoliyat yuritayotgan yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishga qabul qilinadi.
Yoshlar yetakchisi lavozimiga ko‘rilayotgan nomzodlar:
- tabiiy yetakchilik qobiliyati, notiqlik mahorati, tashabbuskorlik, intiluvchanlik va fidoyilik xislatlariga;
- boshqaruv madaniyati, tashkilotchilik, keng jamoatchilik bilan ishlash salohiyatiga;
- ish yuritish bo‘yicha bilim, ko‘nikma hamda muayyan ish tajribasiga;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha malakaga;
- yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar, ma’naviy tahdidlar, zararli illatlar haqida yetarli tasavvur va tushunchaga;
- mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va ta’lim-tarbiya jarayoniga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati tartibi to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Nomzodlar ma’lumotnoma, pasport nusxasi, ikkita 3,5x4,5 o‘lchamdagi fotosurat, ijtimoiy faolligi va erishgan yutuqlari aks etgan hujjatlar bilan Ittifoqning Quyi chirchiq tuman Kengashiga murojaat qilishlari mumkin!
- Qo'shildi: 05.06.2018
- Ko'rishlar: 10
- Chop etish