O‘zbekiston yoshlar ittifoqining talabalarga bayram tabrigi
Hurmatli talabalar! Sizlarni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 17-noyabr kuni nishonlanadigan Xalqaro talabalar kuni bilan qutlaymiz!
Bugun O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi. Yigit-qizlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, ruhan tetik bo‘lib kamol topishi yo‘lida O‘zbekiston hukumati tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Biz iqtidorli, aqlli va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan siz kabi talabalar bilan faxrlanamiz. O‘zingiz tanlagan soha bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis bo‘lishingizni, O‘zbekistonning rivojlanishida munosib hissa qo‘shishingizni tilaymiz!
Aziz va qadrli talabalar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
- Qo'shildi: 17.11.2017
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish