O’zbekiston yoshlar ittifoqining terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan Xalqaro konferensiyadagi ishtiroki

11-12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandda YXHTning O’zbekistondagi loyihalar koordinatori, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Birlashgan Millatlar tashkiloti hamkorligida “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstrimizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.

 

11-iyun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi yalpi majlis ochilishiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari –  Sodiq Safayev,  YXHT bosh kotibi  – Tomas Greminger, BMT Bosh kotibining yoshlar ishlari bo‘yicha vakili – Jayatma Vikramanayake, BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi direktori – Jahongir Xon va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisi – Qahramon Quronboyevlar ishtirok etishdi.

Sessiyalarda terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun xalqaro-huquqiy bazani rivojlantirishni ko'rib chiqish, huquqiy va me’yoriy asoslar bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish, hukumatlararo hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini aniqlash, ularni bartaraf etish, terrorizmga qarshi kurash uchun huquqiy asoslarini takomillashtirish, ekstrimistik harakatlarga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik bilan bog'liq asosiy vazifalar va muammolar muhokamaga qo’yildi. Xalqaro vakillarning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi. So’ngra, davrada munozaralar tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada O’zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari – Dilnoza Kattaxanova ham o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Nutqi davomida yoshlarning diniy oqimlarga kirib qolishining sabablariga ta'lim sifati o'rtasidagi farq, ayniqsa ko'plab mamlakatlarning uzoq hududlaridagi ta'lim sifati talabga javob bermasligi,  ikkinchidan - yoshlar uchun yaxshi  ish joylarining va qoniqarli oyliklarning yetishmovchiligi boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqib ketishga olib kelishi bilan asosladi. Shuningdek, jinoyatlarning oldini olish va yoshlar o'rtasida himoya qilish tizimidagi muammolar, axloqiy va ruhiy muhitni o'rganishda  sohaning tegishli mutasaddilariga muammo tug’dirishini ta’kidladi.

Ma’ruzada ekstrimistik guruhlar asosan, internet  ijtimoiy tarmoqlari orqali faoliyat yuritishiga to’xtaldi. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati yuqori darajada olib borilmoqda. Uning asosiy shiori “Bolaning begonasi bo’lmaganidek, hech bir yosh e’tibordan holi emas” ligidir.  Bir qancha xalqaro tashkilotlar va davlatlarning hokimiyati tashabbusi bilan shuningdek, UNICEFning 2030-yilgacha “Ilm va ta’lim tizimida har bir yosh  ish bilan ta’limlangan” bo’lishiga bag’ishlangan yoshlar dasturi ustida ish olib borilishida ham ayni shu maqsad yotadi. “O’zbekiston yoshlar ittifoqi o’zbekistonlik yoshlarning tayanchiga aylangan. O’zbekiston “Yosh liderlar” Kengashiga 22 000 nafar yoshlar a’zo bo’lgan. O’tgan yili 16 000 nafar diniy ekstremistik jinoyat bilan ayblanganlar ozod qilingan. Ijtimoiy tashkilotlar ota-onasi diniy ekstremistik guruhlarga a’zo bo’lgan bolalarga ko’maklashish uchun tinimsiz ishlashmoqda. 200 nafar yoshlarning  tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 1 mlrd 54 mln so’m tashkilotlar tomonidan ajratilgan.

 Ikki kunlik anjuman terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstrimizm va radikalizatsiyani oldini olishgfa yoshlarni jalb qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirish va siyodiy tavsiyalar ishlab chiqishga bag’ishlanadi. Unda hukumatning yuqori martabali mansabdor shaxslari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlarning vakillari yoshlarni diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish, axborot xuruji ta’sirdan himoyalash, ayniqsa ta’lim, ommaviy axborot vositalari, san’at va sport orqali jalb qilish borasida munozaralarda qatnashib, ilg’or tajribalarini almashishdi.

 3 ta ishchi guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi shart-sharoitlarga yoshlarni jalb qilish orqali terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstrimizm va radikalizatsiya oldini olish bo’yicha siyosatni amalga oshirishdagi inson huquqlari va sud-huquq tizimi mustaqilligidan vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.  Ushbu anjuman 2016 yilda Germaniya raisligida qabul qilingan YXHT ning terrorizmi oldini olish va unga qarshi kurash bo’yicha sa’y-harakatlarini mustahkamlashga oid Ministirlik deklaratsiyasi va 2015-yilda Serbiya raisligida qabul qilingan terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstrimiz va radikalizatsiyani oldini olish va unga qarshi kurash bo’yicha Deklaratsiyasiga javoban tashkil etilayotgan va O’zbekistonda o’tkazilayotgan birinchi tadbir hisoblanadi.