Paxtaobodlik yoshlarning yana bir orzusi amalga oshdi!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Andijon viloyati Paxtaobod tumanida aholining ijtimoiy-ma’naviy kayfiyatini o‘rganmoqda.

Pirovardida tumandagi yoshlar bilan ochiq muloqotlar, o‘tkazib, ularning taklif va muammolariga yechim bermoqda.

Kuni-kecha bo‘lib o‘tgan muloqotda paxtaobodlik yoshlar Muqumiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Dilimdagi dog‘” spektaklini tomosha qilish niyatlari borligini aytishadi.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ushbu teatr jamoasi Andijonga keldi.

Paxtaobodlik 300 nafardan ortiq yoshlarning quvonchi cheksiz!

Ilk marotaba spektakl tomosha qilgan yoshlarning esa quvonchini izohlashning hojati yo‘q.