Prezidentga yana bir murojaatnoma!
Ochiq muloqotda Germaniyada tahsil olayotgan, ishlayotgan yoshlar O‘zbekistondagi qaysi sohani rivojlantirishni taklif etdi?
Ushbu sahifada ochiq muloqot yuzasidan axborot bergandik. Endilikda muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarni havola etyapmiz.
— Xorijdagi yurtimiz yoshlarida Vatanparvarlik hissini kuchaytirish va ularni bir g‘oya atrofida birlashtirish maqsadida o‘zbek diasporasining muloqot klublari faoliyatini yuritish imkonini beradigan joylar “Uzbek House”ni tashkil etish va u yerda taniqli olimlar, yozuvchilar, diniy ulamolar bilan suhbatlar uyushtirib borish;
— Germaniyadagi yirik kompaniya, tashkilot va muassasalarda o‘zbekistonlik istiqbolli kadrlarni muntazam ravishda malakasini oshirib borish ishlarini tashkil etish;
— Yirik xorijiy kompaniyalarda ishlayotgan o‘zbekistonlik yosh olimlarning startap loyihalarini, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tajribalarini yurtimiz iqtisodiyotiga jalb qilishda Yoshlar ittifoqining imtiyoz va kafolatlari haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratish;
— O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida, Yoshlar ittifoqining ko‘magi bilan yurtimizga yo‘naltirilgan investitsiyalarning asosiy qismi dasturiy ta’minot uchun yirik xorijiy firmalarga qaytib chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan “sanoatni avtomatlashtirishni dasturlashtirish” yo‘nalishidagi amaliy takliflarni Hukumatga yetkazish;
— O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga yanada moslashtirish, oliy ta’lim muassasalarining faoliyat mazmunini xorijning turdosh yo‘nalishlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida takomillashtirish yuzasidan chet ellarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning taklif va talablarini o‘rganish;
— Germaniyaning muqobil energiya manbalaridan xalq xo‘jaligida keng foydalanish bo‘yicha tajribasini chuqur o‘rganish va O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida YOIning maxsus loyihasini tashkil etish;
— O‘zbekistonda yosh ilmiy tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy ilmiy ishlanmalar va manbalar, ilmiy jurnallar, yetakchi yirik ilmiy laboratoriyalar xulosalari bilan bepul tanishishlariga ko‘maklashish;
— Yoshlar ittifoqining butun dunyodagi o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar ishtirok etadigan xalqaro intellektual o‘yinini tashkil qilish;
— Yoshlar ittifoqi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan va mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning farzandlarini milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish maqsadida o‘zbek diasporasi ko‘pchilikni tashkil qiladigan shaharlarda maxsus to‘garaklar, mashg‘ulotlarni volantyorlik asosida tashkil etishga ko‘maklashish;
— xorijdagi yoshlar bilan uchrashuvlar formati rang-barangligini ta’minlash, ochiq muloqotlarni ko‘paytirish va bunda avvaldan ma’lum qilingan muayyan mavzularni atroflicha muhokama qilib borish;
— xorijdagi yoshlar orqali innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar, ilmiy xulosalar va amaliy takliflarni qabul qilib oladigan Yoshlar ittifoqining doimiy aloqa manzilini belgilash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
— O‘zbekistonga germaniyalik sayyohlarni yanada kengroq jalb qilish ishlarida faol ishtirok etish.
Shunga o‘xshash yana bir nechta takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Germaniyadagi vakili — Yoshlar yetakchisi saylandi.
Shuningdek, Yoshlar ittifoqi Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaatini qabul qildi.
Safar davom etmoqda.
- Qo'shildi: 16.01.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish