Qoramol, afsuski, uyushgan yoshlar guruhi tomonidan o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi
11-noyabr kuni. Xiva tuman Sayot qishlog‘idagi “Sa’dulla So‘najon” fermer xo‘jaligi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan 1 bosh qoramol o‘g‘irlanadi.
Eng yomoni, bu jinoyatni 1989, 1996, 1999, 1985-yillarda tug‘ilgan yigitlar sodir etadi. Ularga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismiga binoan ish ochildi.
Shu kabi holat sabab bo‘lib, tumandagi Chakkasholikor qishlog‘ida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman IIB xodimlari, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi xodimi, “O‘rtayop” MFY raisi hamda 60 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar IIB xodimi huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlarda barcha hamkorlikda ish olib borish lozimligi, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “O‘z bolangni o‘zing asra”, deya ota-onalarga farzand tarbiyasida o‘ta ma’suliyatli bo‘lish lozimligini, shuningdek, yoshlarga har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, MFY raisi tomonidan bugungi kunda yurtimizdagi sharoit va imkoniyatlar haqida, bundan tashqari, har bir inson halol mehnat qilsa, farovon yashashi mumkin ekanligi, ota-onalar farzandining tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishi, bizning o‘zbekchilikda bu qilmishlar qattiq qoralanishi,or-nomus hamma narsadan ustun ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi xodimi bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida tushuntirishlar berib, tinch osuda yurtimizning qadriga yetish lozimligi, barcha oilalarda yoshlarimizni ma’naviy kamol toptirishda kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish, ota-onalar farzandlariga kitob sovg‘a qilish lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Yoshlarning fikrlashi va dunyoqarashi ma’lum ma’noda o‘zgardi.
- Qo'shildi: 18.11.2017
- Ko'rishlar: 40
- Chop etish