Samarqand viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 9741 muammo hal qilindi

Samarqand viloyatida 1086 ta MFYlar mavjud bo‘lib, dastur doirasida 1086 ta ishchi guruhlar shakllantirilgan. Ishchi guruhlari tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Samarqand viloyatidagi barcha tuman va shaharlar mahallalaridagi fuqarolar bilan uyma-uy kirib suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Viloyatning barcha tuman va shaharlarida respublika ishchi guruhlari vakillari, viloyatdan biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirokida ishchi guruhlari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlar o‘quv-seminarlar shaklida tashkil etilib, ishchi guruhlar a’zolariga oldiga qo‘yilgan vazifalar belgilab berildi.

Viloyatda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘rganishlar natijasida jami 535074 ta xonadonga uyma-uy kirib chiqilgan bo‘lib, 782 332 nafar yoshlar bilan suhbatlashildi. Shundan 223 234 ta muammolar aniqlandi.

Jumladan, bandlik sohasida 53747 ta, tadbirkorlik sohasi bo‘yicha 21120 ta, bank kredit sohasi bo‘yicha 47213 ta, fermerlik bo‘yicha 6098 ta, qurilish sohasida 9280 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 19213 ta, maktabgacha ta’lim bo‘yicha 3465 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 7003 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 4797 ta, uy-joy masalasida 14563 ta va boshqa masalalarda 27379 ta muammolar aniqlangan.

Bugunga qadar aniqlangan muammolardan 9741 tasi joyida hal etilgan bo‘lib, shundan bandlik sohasida 1113 ta, tadbirkorlik sohasida 1697 ta, fermerlik bo‘yicha 605 ta, qurilish sohasida 250 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 970 ta, maktabgacha ta’lim bo‘yicha 859 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 1012 ta va sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 1558 ta, uy-joy masalasida 113 ta muammolar joyida hal etildi.