Sirdaryo viloyati Guliston shahrining “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi bo‘yicha statistik va tahliliy ma’lumotlari

“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturini amalga oshirish, belgilangan maqsad va vazifalarni ijro etish hamda aholi, ayniqsa yoshlarning turmush tarzi va dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida 10-iyuldan 1-avgustgacha bajarilgan ishlar tahliliy muhokama qilindi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida jami aholi soni 88 252 nafar, xonadonlar soni 16 990 ta va bolalar soni 13 467 nafar ekanligi aniqlandi. Shulardan, 13 560 nafar yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Shakllantirilgan ishchi guruh a’zolari 16 990 ta xonadonga kirib, muammolarni o‘rganishdi. 720 ta muammolar aniqlandi va 38 ta muammo joyida hal etildi hamda 682 ta muammo “Yo‘l xaritasi”ga kiritildi. O‘rganish jarayonida 329 nafar mehnatga layoqatsiz yoshlar, 408 nafar ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan yoshlar, 1976 nafar uy-joyga muhtoj yoshlar, 264 nafar uzoq muddatga chetga chiqib ketgan yoshlar, 156 nafar to‘y marosimi uchun imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoshlar va 2410  nafar ishsiz yoshlar ekanligi aniqlandi.

Davlat dasturi doirasida turmushida muammosi bor xonadonlarga yordam berish ishlari Sirdaryo viloyati bo'ylab davom etmoqda.