Sirdaryo viloyati hokimi tashabbus bilan chiqdi: 240 nafar bitiruvchi — bu kadrlar zaxirasi!

Toshkent shahrida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bugungi kunda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 240 nafardan ortiq sirdaryolik bitiruvchi, yosh mutaxassislar bilan "Hokim va yoshlar " loyihasi doirasida uchrashdi.

Asosiy maqsad — Sirdaryo viloyatidagi turli sohalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga yosh mutaxassislarni jalb etishdir.

Shuningdek, viloyatda kadrlar zaxirasi tizimini rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash niyatida ham ushbu uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida mazmunli o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Viloyat hokimi va yoshlar suhbati dasturxon atrofida davom etdi.