Sport yo‘nalishida ham Ittifoq aniq reja asosida tizimli ishlaydi!
Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Ittifoqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Sport, salomatlik va yosh oilalar bilan ishlash bo‘lim mudirlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida bo‘limning oldida turgan masalalar muhokama qilindi.
“Temurbeklar”, “Burgut” harbiy-sport o‘yinlari hamda “Mega sport”, “Yoshlar spartakiadasi”, “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, o‘tkazish masalalarida aniq, manzilli reja bilan ishlash hamda har bitta yoshni qamrab olishga kelishildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha Ittifoqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Sport, salomatlik va yosh oilalar bilan ishlash bo‘lim mudirlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
- Qo'shildi: 05.01.2018
- Ko'rishlar: 12
- Chop etish