Sud zalidan ozod qilingan 5 nafar yoshning keyingi taqdiri nima bo‘ldi?
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi kafolat xatiga asosan sud zalidan ozod qilingan yoki yengillashtiruvchi jazo choralari qo‘llanilgan yoshlar bugungi kunga qadar 5 nafarni tashkil etadi. Xo‘sh, ularning keyingi taqdiri nima bo‘ldi? Bu hech kimni befarq qoldirmasa kerak?!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Juzim bag‘” ko‘chasi 9-uyda istiqomat qiluvchi Maman Mnajov 2018- yil 2-fevral kuni sud zalidan ozod qilingan edi. Endilikda yetakchi Mamanni ishga joylash chorasini ko‘rmoqda.

2018-yil 28-fevral kuni sud zalidan ozod qilingan Nukus tumani “Aqmang‘it” SHFY “Abadan” ovulida yashovchi Anvar Turkmenbayev hozirda Nukus tibbiyot kollejida o‘qishini davom ettirmoqda va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan to‘garaklarga jalb qilingan.
Sarvar Ro‘zimov esa Ellikqal’a tumani “Qilichinoq” OFYda istiqomat qiladi. 2018-yil 28-mart kuni sud zalidan ozod qilingan Sarvar, hozirda "Qodir Yangibayevich" fermer xo‘jaligida ishchi.
Xo‘jayli tumani yashovchi Timur Tenelbayev hamda Xaytbay Utegenov shu yilning 18-may sanasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida kafillik asosida ozod etildi.
Hozirda ularni ham ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Amaliy ishlar davom etadi...
- Qo'shildi: 12.06.2018
- Ko'rishlar: 13
- Chop etish