Taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda Yetakchilar Kengashiga rais saylandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 6-9-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalardagi yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarga malakali mutaxassislarni jalb etilgan holda yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni va 2017-yil 18- iyuldagi PQ-3138-sonli qarorining mazmun-mohiyati xorijiy davlatlarning yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari to‘g‘risida bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari guruhlarga bo‘ligan holda Talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini aniqlash va ularga amaliy yordamlar berish, Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish hamda Talabalar orasida boshlang‘ich tashkilotlar ta’sirini oshirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.


Guruhlarda ishlash jarayonida bugungi kunda yoshlar yetakchilarinining taklif-mulohazalari, talaba-yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari, amalga oshirish mexanizmlari hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari atroflicha muhokama etilib, dolzarb hisoblangan masalalar yuzasidan oliy ta’lim muassasasining qo‘shimcha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

O‘quv-seminar doirasida 2017-2018-yil davomida faoliyat yuritadigan respublika Yetakchilar Kengashiga tarkibiga saylovlar tashkil etilib, respublika Yetakchilar Kengashi raisi hamda Kengash a’zolari saylab olindi. Respublika Yetakchilar Kengashi raisi sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent moliya institutidagi yoshlar yetakchisi Kamol Maxmudov saylandi hamda yangi o‘quv yilidagi faoliyati uchun ishonch yorlig‘i taqdim etildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mutasaddi rahbarlari bilan tinglovchilar o‘rtasida yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishda duch kelinayotgan muammolar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.