Taxtako‘pir: Bu tashlandiq joyda “Yoshlar bog‘i” qad ko‘taradi!

Taxtako‘pirda bo‘lib o‘tgan “Hokim va yosh fermerlar” uchrashuvida tuman hokimi J.Adilov, O‘zbekiston Qahramoni S.Seytnazarov, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari S.O‘razaliyev, tuman Kengashi raisi S.Nagimov va tuman soliq inspeksiyasi raisi Q.Tursinmuratov ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2 ta murojaat joyida o‘z yechimin topdi. Qolganlari tuman hokimining chora-tadbirlar dasturiga kiritildi.

Jumladan, kollej o‘quvchisi O‘quv markazi ochish istagida ekanligini, biroq ishni boshlash uchun binosi yo‘qligini ma’lum qildi.

Bu muammo bo‘yicha Yoshlar ittifoqi vakillari Taxtako‘pir qishloq xo‘jaligi kolleji direktorining o‘rinbosari bilan uchrashishdi. Natijada yosh tadbirkorga kollej binosidan hech qanday to‘lovlarsiz joy ajratiladigan bo‘ldi.

Shundan so‘ng, hokim yoshlarning taklifi asosida Taxtako‘pir tumani markazida foydalanilmayotgan tashlandiq joyda “Yoshlar bog‘i” barpo etilishi ma’lum qildi.

Ayni paytda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.