To‘qqizida qanday — to‘qsonida shunday...Yoshlar ittifoqi ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha ma’muriyatga taklif kiritdi

Bejiz aytilmagan maqol. Yoshlar ittifoqi yoshlarga to‘qqizidan e’tibor berish va ta’lim sifatini yaxshilash borasida umumta’lim maktablaridagi Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada jonlantirish uchun amalga oshirayotgan ishlari natija berishni boshladi.

Jumladan, kuni-kecha Jizzax viloyat Kengashi hududning eng katta va chekka tumanlarida yashayotgan bolalarning ta’lim olish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak berdi.

Viloyat Kengashi raisi Azizbek Egamberdiyev, xodimlar Baxmal tumaniga borishganida, avvalo hududdagi o‘quvchilar quvondi.

Sababi, dastlab hududning barcha maktablarida tahsil olayotgan “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlari hamda sinf Sardorlari uchun Baxmal qishloq xo‘jalik kasb hunar kollejida seminar tashkil etildi.

Unda Sardorlar faoliyatini rivojlantirish, tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida qiziqarli foliyat olib borish borasida tushunchalar berildi.

Pirovardida Sardorlarga “Kamalak” bolalar tashkilotining ko‘krak nishonlari taqildi.

4-maktabning Yoshlar yetakchisiga tizim faoliyatini samarali tashkil etganligi uchun kompyuter jamlanmasi ajratildi.

Hududdagi barcha maktablarning o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ularning bilim saviyasi, yurtimizdagi yoshlar hayotiga oid yangiliklar va ularga qanchalik qiziqishi o‘rganildi.

O‘quvchilarning takliflari asosida ta’lim tizimidagi o‘qituvchilar faoliyatini ham tanqidiy-tahliliy o‘rganish bo‘yicha taklif berildi.

O‘rganish natijalari harna yomonmas. O‘quvchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqini biladi, tashkilot haqida tushunchaga ega, Yetakchi bilan ishlamoqda...

O‘rganishlar davom etadi.