To‘rt birlikning eng muhim vazifalari Buxoro viloyat hokimligida muhokama qilindi
Ta’kidlash joizki, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, Yoshlar ittifoqi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, targ‘ibotini kuchaytirish, nafaqat, yoshlar tashkiloti oldidagi vazifa, balki jamiyat ravnaqi va taraqqiyotida muhim mexanizm sanalgan — ichki ishlar boshqarmalari, mahalliy hokimliklar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining ham bugungi dolzarb masaladir.
Buxoro viloyat hokimligi kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha shahar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari rahbar va mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi viloyat, tuman, shahar Kengashlari va “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari qatnashdi.
Yig‘ilishda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Jamol Nosirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Murod Zufarov hududlarda korxona, tashkilot va ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar, Yoshlar ittifoqi, hududiy hamda mahalliy “Kamalak” bolalar tashkilotlari, Sardorlar Kengashi vazifalari nimalardan iborat ekanligi uqtirildi.
Ya’ni, tizim haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish, shu asnoda har bir harakat, har bir jarayonda qadamba-qadam yurish, hamjihatlikda ilgarilash to‘rt birlik uchun eng muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
Darhaqiqat, yuqorida qayd etilgan to‘rtlik faoliyatini munosib va tizimli yo‘lga qo‘yish – natijadorlikka erishish uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.
Bugun erta tongdan Ishchi guruh a’zolari hududdagi yoshlarning ahvolini o‘rganish maqsadida turli tumanlarga tarqalishdi. Ular xonama-xona, uyma-uy yurib yoshlarning mavjud muammolarini o‘rganib, joyida hal etishlari lozim.
- Qo'shildi: 08.01.2018
- Ko'rishlar: 20
- Chop etish