Toshkent shahrida xostel yaratish bo‘yicha ijtimoiy-xususiy hamkorlik loyihasi konsepsiyasi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Respublika hududlarida xostellarni birgalikda tashkil etish va ularni boshqarish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.
Dastlabki tajribaviy loyiha Toshkent.shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘ch, 60 A manzili bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga tegishli bo‘lgan bino maydonlarida amalga oshiriladi.
Hamkorlik konsepsiyasi shundan iboratki, Yoshlar ittifoqi uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida (5 yilgacha) xostellarni tashkil qilish uchun binoni taqdim qiladi (1 va 4-9 qavatlar) hamda dastlabki ikki yil mobaynida 30% ga xususiy buyurtmalar (kafolatlangan bron) bilan to‘ldirish majburiyatini oladi.
Bunda investor– xususiy tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan bino (inshoot) da ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, loyiha tomonlari bilan kelishilgan holda zarur uskuna va inventarlar bilan xostelni jihozlash majburiyatini qabul qiladi. Shuningdek investor ijara shartnomasining amal qilish davrida ( 5 yilgacha) xostelni to‘liq boshqaruvni o‘ziga oladi.
5 yillik ijara shartnomasi muddati tugagandan so‘ng loyihada ko‘zda tutilgan xostelning barcha mulki Yoshlar ittifoqi mulkiga o‘tadi. Ijara shartnomasi umum belgilangan tartibda yangilanishi mumkin. Bunda amaldagi ijarachi konkurs asosida belgilangan ijaraning bozor qiymatidan 20% ga yangillik olishi mumkin.
Bunda ijara to‘lovi davlat mulki uchun Toshkent shahar hokimiyati tomonidan belgilangan stavkadan past bo‘lmasligi va xostelning yotoq fondini 30% ga ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi majburiyatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lmagan stavkadan oshmasligi kerak.
Shu tarzda ijara to‘lovlari summasi va yotoq o‘rnini kafolatlangan bron bo‘yicha to‘lovlar summasi o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Bunda mazkur operatsiya bilan bog‘liq to‘lanadigan qandaydir soliqlar ushbu summaga kiritilmaydi. Har bir tomon soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni oladi.
Agar oy yakuni bo‘yicha ijara asosida to‘lanadigan mablag’ yotoq fondini kafolatlangan bron bo‘yicha to‘lanadigan miqdordan oshib ketsa, Ittifoq kafolatlangan bron bo‘yicha talab qilinmagan qiymatni to‘laydi. Mazkur to‘lov keyingi oylarga yotoq kunlari uchun oldindan to‘lov sifatida hisoblanadi. Bunda ushbu mablag’ga keyingi oylarga Yoshlar ittifoqi buyurtmanomasi bo‘yicha Ittifoq mexmonlari va hodimlari istiqomat qilishi mumkin. Foydalanilmagan oldindan to‘lovning qoldig‘i keyingi oyga o‘tadi, ammo keyingi yilga o‘tishi mumkin emas.
Tomonlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar oylik asosda amalga oshirilishiga qaramasdan, yakuniy hisob-kitob sanasi har yilining 31-dekabri hisoblanadi.
Muhim shart: Ijarachi mazkur obyektdan faqat maqsadli ahamiyati bo‘yicha foydalanish kerak. Agar mexmonxona axloq me’yorlari buzilgan holda foydalanilsa, rasmiy nikohda bo‘lmagan shaxslar tomonidan jinsiy munosabatlar uchun band qilinsa, mazkur shartnoma to‘xtatiladi, barcha qilingan harajatlar Ittifoq mulkiga qoladi va ijaraga oluvchiga qoplanmaydi.
Uzoq muddatli moliyaviy ijara shartnomasi tuzishning asosiy shartlarida tomonlarning majburiyatlari o’rin egallagan .
Yoshlar Ittifoqining majburiyati:
1. Yoshlar ittifoqi mulkida bo‘lgan binonini uzoq muddatli ijaraga taqdim qilish: Toshkent.shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘ch, 60 A manzili bo‘yicha joylashgan binoning 1 va 4-6 qavatlari.
Ijara STAVKASI davlat mulki uchun Toshkent. shahar hokimiyati tomonidan belgilangan stavkadan past bo‘lmasligi va xostelning yotoq fondini 30% ga ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi majburiyatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lmagan stavkadan oshmasligi kerak.
2. Dastlabki ikki yil mobaynida oldindan kelishilgan imtiyozli narxlar bo‘yicha (kafolatlangan bron) mavjud yotoq o‘rinlardan kamida 30% ni bandligini ta’minlash. Bunda ijara to‘lovlari miqdori va yotoq o‘rnini kafolatlangan bron bo‘yicha to‘lovlar narxi o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Bunda mazkur operatsiya bilan bog‘liq to‘lanadigan qandaydir soliqlar ushbu mablag’ga kiritilmaydi. Har bir tomon soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni oladi.
3. Agar oy yakuni bo‘yicha ijara asosida to‘lanadigan to’lov yotoq fondini kafolatlangan bron bo‘yicha to‘lanadigan narxdan oshib ketsa, Ittifoq kafolatlangan bron bo‘yicha talab qilinmagan qiymatni to‘laydi. Mazkur qiymat keyingi oylarga yotoq kunlari uchun oldindan to‘lov sifatida hisoblanadi , bunda ushbu to’lovga keyingi oylarga Yoshlar ittifoqi buyurtmanomasi bo‘yicha Ittifoq mexmonlari va xodimlari istiqomat qilishi mumkin. Foydalanilmagan oldindan to‘lovning qoldig‘i keyingi oyga o‘tadi, ammo keyingi yilga o‘tishi mumkin emas
Tomonlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar oylik asosda amalga oshirilishiga qaramasdan, yakuniy hisob-kitob sanasi har yilining 31-dekabri hisoblanadi.
4. Mazkur operatsiya shunday tarzda tushunilishi kerakki dastlabki ikki yil mobaynida ijaraga oluvchi ijara to‘lovini to‘lamaydi va buning hisobiga Yoshlar ittifoqi mexmonlariga xizmat ko‘rsatadi. Bunda ijaraga beruvchiga uni ta’mirlash va jihozlashga sarf-harajat qilmasdan kamida 30% li yotoq o‘rnidan bepul foydalanish huquqi beriladi. Barcha o‘zaro pul o‘tkazmalari shaffoflik va soliqqa tortishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ijaraga oluvchining majburiyati:
1. Dastlabki 5 oy mobaynida Yoshlar ittifoqi va vakolatli davlat organlari bilan xostelning loyihaviy, texnik va moliyaviy hujjatlarini kelishish, zarur ta’mirlash ishlarini bajarish, kerakli inventar va jihozlar bilan ta’minlash (mebel, krovat, televizor, konditsioner, muzlatkich, internet va boshqalar.), sanitariya-gigiyenik, muhandislik va boshqa kommunikatsiya hamda tizimlar ishini ta’minlash shuningdek, ijaraga oluvchi mablag‘lari hisobidan loyihani to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish;
2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va axloq hamda etika me’yorlariga to‘liq muvofiq holda xostel turi bo‘yicha mehmonxona xo‘jaligini yuritish.
- Qo'shildi: 14.08.2018
- Ko'rishlar: 42
- Chop etish