Toshkent viloyatida ham “Jasorat” klublari ish boshladi!

Sizda ham klubga qo‘shilish imkoni bor...

Yoshlar tashkilotiga jasoratli yigitlar jalb qilinmoqda.

Ayni kunlarda respublikaning barcha hududlarida “Jasorat” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun Toshkent viloyati Kengashida ham qator hamkor tashkilotlar bilan birga ushbu klub ish boshladi.

Hatto Yuqori Chirchiq tumani Kengashi Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda ilk reydni ham amalga oshirdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Doniyor Karimov klub faoliyati haqida gapirar ekan, uning a’zolari yoshlarning, hususan, voyaga yetmagan o‘smirlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim muassasalariga muntazam kelmaydigan o‘quvchilarni darsga qaytarish bo‘yicha “O‘smir”, “Nazorat”, “O‘quvchi”, “Davomat”, “Ta’til” va “G‘amxo‘rlik” kabi tadbirlarni amalga oshirishini ma’lum qildi.

Keyinchalik faol “Jasorat”chilar tavsiya asosida IIB tizimida faoliyat yuritishi hamda Yoshlar ittifoqi a’zolariga beriladigan imtiyozlardan to‘laqonli foydalanishadi.

Siz ham ushbu faoliyatga qiziqayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yashayotgan tuman Kengashiga murojaat qiling!

Mardlik — ostonani himoya qilishdan boshlanadi.