Toyloqda o'tgan davr mobaynida tadbirkorlik va bandlik yo'nalishida qanday natijaga erishildi?!
Yoshlar tashkiloti o‘tgan davr mobaynida mamlakat yoshlarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarni yuzaga chiqarish, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyalash va boshqa yo‘nalishlarda qator ishlarni amalga oshirdi. Yoshlar ittifoqi viloyat, tuman, shahar Kengashlari ham yoshlar bilan ishlashda samarali natijalarga erishdi. Birgina Yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi tomonidan o‘tgan yil davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 12 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari, 26 marotaba bandlik masalalarida uyushmagan yoshlar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu yarmarka va muloqotlar mobaynida 211 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

– Oilaviy sharoitim og‘irligi sabab, turli ishlarni qilib kelardim. Ammo bir jinoiy ishga aralashib qoldim. Oqibatda 5 yil qamoq jazosi berildi. Shu vaqtda yoshlar ittifoqi vakillari yordamga kelishdi. Kafillik berib, sud zalidan ozod etishdi. Bu uchun bugun oilam va o‘z nomimdan minnatdorchilik bildiraman, – deydi S.Alimamatov.

Shuningdek, tuman Kengashi tomonidan vaqtincha ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.Tumanda istiqomat qiluvchi 16 nafar yoshga 127 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Ayni kunlarda Toyloq tumanida tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu o‘quv-seminarlar bepul bo‘lib, qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar Toyloq tumani yoshlar ittifoqi vakillariga murojaat qilishlari mumkin.
- Qo'shildi: 12.06.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish