“URBAN FEST” zamonaviy raqs festivali bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 10 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “URBAN FEST” zamonaviy raqs festivali tashkil etildi. Unda Toshkent shahrining barcha tuman shaharlaridan kelgan 80 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
Ilk marotaba o‘tkazilgan mazkur festival doirasida“All styles kids” va “All styles rro” kabi yo‘nalishlarda tanlovlar tashkil etildi.
Tanlov jarayonlarini baholab borish uchun hakamlar hay’ati taklif etildi.
All styles kids” yo‘nalishida Kim Alina, “All stylesrro” yo‘nalishida Kim Konstantin g‘olib deb topildi.
Shuningdek, festival doirasida malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur festivalni Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
- Qo'shildi: 11.06.2018
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish