Videoselektor yig‘ilishida Ittifoq 2017-yilda amalga oshirgan ishlarini tanqidiy-tahlil qildi, istiqboldagi rejalarini belgilab oldi

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda bir qator masalalar muhokama qilindi.

2018-yil joylarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ittifoq tizimlarida 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili qilindi.

Ittifoq tizimlarining 2018-yilga mo‘ljallangan ish reja loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Yig‘ilishda Ittifoqning hududiy va mahalliy Kengashlari raislari hisobot berishdi. Faoliyat tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy Kengash raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ham ishtirok etdi.