Vobkentda yana 20 nafar yosh muqim ish joyiga ega bo‘ldi... Ochiq muloqotlar o‘zini oqlayapti!
Vobkent tuman hokimligi zalida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda hator tashkilotlar bilan birga ta’lim muassasalari Boshlang‘ich tashkilotlarning Yoshlar yetakchilari, asosan, vaqtincha ishsiz yoshlar ishtirok etdi.
Jami 360 nafar yosh ishtirok etgan ochiq muloqotda mahallalardagi ishsiz yoshlarning muammo, takliflari o‘rganildi, yechim berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Vobkent tuman hokimi so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar hamda ishsiz yoshlarning bandligiga ko‘maklashish —
tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta rol o‘ynayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar berilayotganligini aytib, faqatgina foydalanib qolish kerakligini tushuntirdi. Bank rahbarlariga yoshlarga muntazam kredit berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Tuman markazidan yer ajratilib, Bolalar bog‘i tashkil qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, xususiylashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish, “Kulolchi” MFYda sog‘lomlashtirish klinikasi, bolalar tibbiyot kasalxonasini tashkil qilish rejalashtirilayotgani bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuv davomida 50 dan ortiq taklif va muammolar eshitildi, ish bilan ta’minlash, kredit, uy-joy, pasport, yer masalasi, intensiv bog‘ yaratish uchun yer ajratish kabilar shular jumlasidandir.
20 nafardan ortiq ishsiz ayollarga fermer xo‘jaliklari va jamoat ishlarida ishlash uchun tavsiyalar berildi. 3 nafar tadbirkorlarga kredit ajratish belgilandi.
Tuman Kengashi, xotin-qizlar qo‘mitasiga bir qator topshiriqlar berildi. Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz yurgan xotin-qizlar, birinchi navbatda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatlarini shakllantrish va jamoat ishlariga tavsiya etish choralarini ko‘rish, 1 hafta muddatda aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, kredit masalalari bo‘yicha barcha murojaatlarni tumandagi tijorat banklarining alohida ishlashini nazoratga olish vazifalari topshirildi.
- Qo'shildi: 11.01.2018
- Ko'rishlar: 12
- Chop etish