Xalqaro miqyosdagi konferensiyada eng munosiblar taqdirlandi
Bugun Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar” mavzusidagi II-respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markaziga tashrif buyurishdi. Ekskursiya chog’ida odam savdosi jabrdiydalarining turmush-tarzi, qiyinchiliklari va yurtiga qaytgandan keyingi ijtimoiy moslashuvi o’rganildi. Jabrlanganlarning asosiy qismini uyushmagan yoshlar qatlami tashkil etishi, uning kelib chiqish sabablari hamda muammoni bartaraf etish yo’llari haqida fikrlar almashildi.

So’ngra, Yoshlar ijod saroyida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar” mavzusidagi II-respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi o’tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rektori – Aktam Jalilov, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori o’rinbosari – Alisher Yunusov, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri – Mansur Bekmurodov , Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig’i – Islomiddin Xoliqov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi bo’lim mudiri – Bunyod G’afurov shuningdek, vazirlik, idora, tashkilot, muassasalar bosh mutaxassislari, yosh olimlar, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistrlar ishtirok etishdi.

Yalpi majlisda moderatorlarning sho‘balar bo‘yicha xulosalari tinglanib, 140 nafar ishtirokchilarining uyushmagan yoshlar masalalariga qaratilgan maqolalari ichidan 3 ta sho’ba bo’yicha 3 o’ringa eng yaxshilar saralandi. Unga ko’ra, 1- sho’ba : “Uyushmagan yoshlar bilan ishlashning nazariy va amaliy jihatlari: xorij va O‘zbekiston tajribasi” mavzusi bo’yicha 1- o’rinni Azimbek Najimov, 2- o’rinni Xomidov Ibrohim, 3- o’rinni Yesenbayev Janibek qo’lga kiritdi.

2- sho’ba: “Uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muammolari hamda ularning yechimlari tizimi” yo’nalishida 1-o’ringa Isroilova Nodira, 2-o’ringa Ibrohimova Gulzoda, 3- o’ringa Qodirova Sharifa va To’raqulova Aziza munosib ko’rildi.
Oxirgi sho’ba bo’yicha “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidaga maqolalarda 1-o’ringa Norov Asror, 2-o’ringa Zoirova Dilfuza, 3- o’ringa Ashurzoda Luiza sazovor bo’ldi.

Konferensiya so’ngida g’olib ishtirokchilar diplom, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Faol qatnashchilarga esa maxsus sertifikatlar topshirildi.
Tez orada mazkur konferensiyaga kelib tushgan 100 dan ortiq ilmiy-amaliy maqolalarning 60 dan ortig’i “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostidagi “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar” mavzusidagi II-respublika ilmiy-amaliy konferensiya to’plami uchun saralandi. O’tgan yilgi konferensiyadagi takliflar bo’yicha dastlabki qadamlar tashlandi. Uyushmagan yoshlarning umumiy soni ro’yxatga olinib ular o’rtasida turli xil yo’nalishlardagi tanlovlar , tadbirlar, uchrashuvlari, davra-suhbatlari tashkil etildi. Uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o’z natijani ko’rsatdi. Eng asosiysi, dastlab respublika bo’yicha tashkil etilgan mazkur konferensiya bu gal xalqaro miqyosda tashkil etildi.

“Uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari” mavzu
- Qo'shildi: 06.06.2018
- Ko'rishlar: 8
- Chop etish