Xorazm viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi bo‘yicha statistik va tahliliy ma’lumotlar
“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturini amalga oshirish, belgilangan maqsad va vazifalarni ijro etish hamda aholi, ayniqsa yoshlarning turmush tarzi va dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha Xorazm viloyatida 10-iyuldan 1-avgustgacha bajarilgan ishlar tahliliy muhokama qilindi.
Xorazm viloyatida jami mahallalar soni 498 ta, aholi soni 1 826 409 nafar, 14- 30 yoshdagilar soni 496 629 nafar, bolalar soni 491 149 nafar ekanligi aniqlandi.

Shulardan 496629 nafar yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar va ochiq muloqotlar o‘tkazish ishlari davom etmoqda.
Shakllantirilgan ishchi guruh a’zolari 329428 xonadonga kirib, muammolarni o‘rganishdi.

51164 ta muammolar aniqlandi. 6917 ta muammolar joyida hal etildi. 44247 ta muammolar “yo‘l xaritasi”ga kiritildi.

1808 nafar mehnatga layoqatsiz yoshlar, ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan yoshlar 2213 nafar, uy-joyga muhtoj yoshlar 10191 nafar, uzoq muddatga chetga chiqib ketgan yoshlar 43245 nafar, to‘y marosimi uchun imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoshlar 1083 nafar, ishsiz yoshlar 46293 nafar ekanligi aniqlandi.
Davlat dasturi doirasida turmushida muammosi bor xonadonlarga yordam berish ishlari Xorazm viloyati bo'ylab davom etmoqda.
- Qo'shildi: 09.08.2018
- Ko'rishlar: 14
- Chop etish