Xushxabar: “O‘zbekkonsert” xorazmlik yosh estrada xonandalarini Ittifoq tavsiyasi bilan bir yillik bojdan ozod etadi!
Kuni-kecha Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov ishtirok etdi. U o‘z nutqida bundan keyin Yoshlar ittifoqi loyihalarida, tadbirlarida faol ishtirok etgan estrada xonandalariga Ittifoq tavsiyanomasiga asosan, imtiyozli litsenziyalar berilishini ma’lum qildi.
Ya’ni, ular 1 yillik davlat bojidan ozod etiladi.
Bugungi muloqotda ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi tomonidan yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, an’analarimizni qadrlash, ularga hurmat ruhida voyaga yetkazishda o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun birinchilardan bo‘lib “Nihol” mukofoti sovrindori Jayhunbek Matmurotovga ushbu tavsiyanomani berishni ma’lum qildi.
- Qo'shildi: 23.01.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish