Yangi loyiha: “Ish rejaga mening taklifim”

Tashkilot bugun butunlay yangi mexanizm asosida ishlayotgani, ya’ni, yuqoridan pastga emas, pastdan yuqoriga qarab faoliyat yuritishi tag zamirida ham yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadi mujassam. 
Bugun, shu maqsadda yana bir muhim loyihani taklif qilamiz. 


Ma’lumki, yoshlar manfaatini himoya qilish uchun o‘z davrida sobiq tashkilotning tuman va shahar Kengashlariga bir oyda o‘rtacha 150-200 ming so‘m atrofida mablag‘ ajratilgan. Bu mablag‘ esa hududdagi faol va ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarning manfaatlarini himoya qilishga yetarli bo‘lmaganini davrning o‘zi ko‘rsatdi. 


Shu bois, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman, shahar Kengashlarining samarali faoliyat yuritishi, hududdagi yoshlarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish maqsadida har bir tuman yoki shahar Kengashiga 1 oyda yoshlarning soni, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib, 10 mlndan 20 mlngacha mablag‘ ajratishni ko‘zda tutyapmiz.


Ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishi, siz, yoshlarning farovon kelajagingizga xizmat qilishi uchun har biringizni ushbu loyihaga taklif etamiz. Tuman yoki shahar Kengashining 2018-yil uchun ish rejasiga o‘z takliflaringizni bildiring. 


Sizning taklifingiz — faqatgina Sizning manfaatlaringizga xizmat qiladi. Yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlariga munosib hayotni taqdim qiladi!