Yaqin soatlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 16-sonli yig‘ilishi boshlanadi!

Yig‘ilishda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish ham Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 30 taga yaqin masala ko‘rilishi kutilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda yoshlar tomonidan juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan quyidagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

— “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ta’lim granti” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida.

— 2018-2020-yillar davomida “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilishida tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.

— Oliy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasi”ning 2017/2018 o‘quv yili bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari to‘g‘risida.

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi fakultet yetakchilariga har oylik to‘lovlar to‘lab berish tartibi to‘g‘risida.

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari to‘g‘risida.

— “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ni amalga kiritish to‘g‘risida.

— O‘zbekiston va Rossiya yoshlari Forumini o‘tkazish to‘g‘risida...

Tafsilotlar haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.