Yetakchilar uchun o`quv darslari

 

Hududlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga uslubiy ko‘mak berish maqsadida “Yetakchi” yoshlar markazi tomonidan respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi.Mazkur seminarda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyati tahlil qilindi. Yetakchilar ishiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar ko‘rib chiqildi va bartaraf etildi. Ularga yangicha yondashuv asosida amaliy mashg‘ulotlar orqali ish jarayonida duch kelayotgan muammolari yuzasidan yechimlar ko‘rsatib berildi.

Seminar tinglovchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy va siyosiy hayotimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, qonunchilik sohasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

O‘quv-seminar yakunida tinglovchilardan seminarning o‘tkazilishi yuzasidan savolnoma olinib,o‘zlashtirish darajalari test sinovidan o‘tkazildi.Boshlang‘ich tashkilot yetakchilariga o‘z faoliyatlarida foydalanishlari uchun tarqatma materiallar va mehnat qonunchiligiga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.