Yetmishga yaqin Quyichirchiq aholisining muammolari hal etildi
Ayni damda Davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida aholini qiynayotgan muammolar bilan tanishmoqda. Tuzilgan ishchi guruh tuman aholisining ijtimoiy turmush tarzini o‘rganmoqda.

O‘tkazilgan muloqotlarda 220 dan ziyod aholi ishtirok etdi, 70 ga yaqin muammolar ko‘tarildi. Ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Muammolariga yechim topgan yoshlardan biri Sudanov Sherzod shunday deydi: “Hozirda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanyapman. Faoliyatimni kengaytirish niyatida nol balansdagi bino va 500 mln so‘m kredit ajratishlarini so‘radim. Murojaatim ijobiy hal etilganidan juda mamnunman”.

Ko‘p yo‘nalishdagi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun Qo‘shboyeva Sayyoraga ham 250 mln so‘m kredit ajratildi.
Shuningdek, farzandlari boshqa yurtlarda ishlab yurgan ota-onalar ham o‘zlarini qiynayotgan muammolarning yechimi yuzasidan maslahat olishdi.
Toshkent viloyatida amaliy ishlar davom etmoqda.
- Qo'shildi: 01.06.2018
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish