“Yosh chegarachilar” musobaqasining Respublika-final bosqichi oldidan matbuot-anjumani
Vatanimiz xavsizligini ta’minlash uchun o’sib borayotgan yosh avlodda ma’sullik hissini shakllantirish, yoshlar orasida davlat chegarasining himoyasi sharafli burch ekanligini targ’ib qilish, chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi o’smirlarni O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari xizmatiga tayyorlab borish maqsadida 2011-yildan buyon “Yosh chegarachilar” musobaqalari o’tkazib kelinmoqda.

Musobaqaning 2018-yilgi tuman bosqichlari ham qizg’in bahslarga boy bo’ldi. Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yoshlar press-klubi” da musobaqa final bosqichining o’tkazilish tartibi, ko’zlangan maqsad va vazifalar hamda kutilayotgan natijalarga qaratilgan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari tashkiliy qo’mitasining mas’ul ofitseri–Razzoq Shoymardonov, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bo’lim boshlig’i–Sa’dulla Qurbonov, Xalq ta’lim vazirligi bo’lim boshlig’i–Sa’dula Raxmatulayev, O’zbekiston yoshlar itifoqi Markaziyb Kengashi harbiy qismlarda yoshlar bilan ishlash bo’lim bosh mutaxxasisi–Gulchehra Ashurova, yosh chegarchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Anjuman mobaynida spikerlar tomonidan “Yosh chegarachilar” musobaqalarining bo’lg’usi chegarachilarni tayorlashdagi ahamiyati, uning doirasidagi yoshlar qamrovi, musobaqaning yoshlarga ulashayotgan foydasi, uning tashkillashtirilishidagi tashkiliy-amaliy masalalar, shuningdek, qator tashkilotlar bilan hamkorlik aloqlari xususida so’z yuritishdi.

Shaxnoza Nurullayeva
- Qo'shildi: 25.04.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish