“Yosh fermer – kelajak bunyodkori” mavzusidagi Forumda Davlat maslahatchisi yoshlar bilan muloqot qildi
Bugun “Yoshlar ijod saroyi”da “Ona yer yoshlar qo‘lida” shiori ostida yosh fermerlarning dastlabki Forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi-O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Bahodir Yusupov so‘zga chiqib, ushbu sohada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Forumning maqsad va vazifalariga alohida to‘xtalib, yosh fermerlar Kengashi faoliyati, tom ma’noda yoshlar manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.

Forumda 600 nafarga yaqin yosh fermerlar ishtirok etdi.
Dastlab Forumga bag‘ishlangan “Ona yer yoshlar qo‘lida” shiori ostidagi ko‘rgazmali seminar ochildi. U beshta yo‘nalish, jumladan, dehqonchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, qayta ishlash, innovatsion ishlanmalar va eksport qilish yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

Uning doirasida Lizing kompaniyalari, yirik fermer xo‘jaliklari, Toshkent traktor zavodi va boshqa tashkilotlarga yosh fermerlarning sayohati, mahorat darslari, yosh olimlarning sohadagi ilmiy ishlanmalari, fermerlarning ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Shunigdek, Yoshlar yetakchisi qatnashchilar bilan ochiq muloqot qilib, yosh fermerlarning mutasaddi tashkilotlar, tegishli vazirlik va idoralar, Davlat qo‘mitalari, Tijorat banklari, Soliq idoralari, Lizing kompaniyalari vakillari bilan bog‘liq dolzarb masalalardagi savollariga atroflicha javob berdi. Bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, Forum doirasida yurtimizdagi 20 nafar yosh, shijoatkor fermerga o‘z faoliyatini ko‘p tarmoqliga aylantirish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

- Qo'shildi: 25.11.2017
- Ko'rishlar: 20
- Chop etish