Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Hindistondan qaytdi!

Hindiston safarining so‘nggi — to‘qqizinchi kuni. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasida tashrif yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir madaniy dastur shaklida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Unda Hindistonda faoliyat ko‘rsatayotgan dunyoning turli mamlakatlarining elchixonalari vakillari, Hindiston davlati rasmiy xodimdlari, OAV ishtirok etdi.

O‘tkazilgan madaniy tadbir davomida O‘zbekiston haqida videorolik, milliy liboslar va o‘zbek madaniyatiga xos bo‘lgan ko‘rgazma, milliy raqslar namoyishi amalga oshirildi.

O‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, dasturxonga tortildi.

Shuningdek, tadbirda Yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Hindistonga tashrifini tashkillashtirishda amaliy ko‘mak bergan O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi xodimlariga va Hindiston Yoshlar va sport masalalari vazirligi rahbariyatiga delegatsiya o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuning bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining Hindistonga safari o‘z nihoyasiga yetdi.