Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Javaharlal Neru universitetida...

O‘zaro tajriba almashish jarayonlari avj pallada!

Hindistonning mashhur universitetlaridan biri — Javaharlal Neruda Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi, Hindiston yoshlar tashkiloti yetakchi talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash umumiy dasturi (The National Service Scheme (NSS)ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi vakillari ham mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston to‘g‘risida rolik taqdimotini namoyish qilishdi. Ishtirokchilar bilan o‘zbek yoshlari faoliyatiga oid tajribalar almashildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Hind mahoratini rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.

Mazkur markaz yoshlarga ta’lim berish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.

Hind mahoratini rivojlantirish markazi o‘z faoliyatini 2006-yili boshlagan va shu vaqt davomida 3 milliondan ortiq yoshlarni ish bilan ta’minlagan.

Markaz vakillari o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi va o‘zbekistonlik delegatlar bilan tajriba almashdi.