Yoshlar ittifoqi halok bo‘lgan yoshlarimizning oila a’zolariga ham ma’naviy, ham moddiy ko‘mak beradi!

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan holat yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va qator tashkilotlar vakillari halok bo‘lganlarning xonadonlarida bo‘lib, oila a’zolariga hamdardlik bildirmoqda.

Ba’zi oilalar yaqinini yo‘qotganidan hali bexabar. Ushbu holat insondan kuchli iroda, sabr, matonat talab qiladi. Yoshlar ayni kunlarda marhum tengdoshlarining ota-onalari, yaqinlariga dalda bo‘lib, ularning yonida turadi.

Bu voqea o‘zbek xalqi uchun katta yo‘qotish.

Yoshlar ittifoqi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda.