Yoshlar ittifoqi karting sport turini ommalashtiradi!
Bugun yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular o‘rtasida karting sport turini rivojlantirish maqsadida “Lakomativ-Anhor” karting markazida “Gran Pri AXELON” turniri tashkil etildi.

Mazkur karting-turnirida Toshkent shahridan 150 nafar sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Turnir ishtirokchilari yosh kategoriyalari bo‘yicha
3 toifada (12-15, 16-20 hamda 21-30) o‘tkazildi.

Barcha kategoriyalar bo‘yicha g‘oliblar ikki tomonlama tasdiqlangan Nizom talablariga asosan aniqlandi.
G‘oliblarga karting-turnirining maxsus diplom va estalik sovg‘alari, shuningdek, turnirda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

- Qo'shildi: 06.12.2017
- Ko'rishlar: 14
- Chop etish