Yoshlar ittifoqi sudda Nodirbekka kafil bo‘ldi, endilikda uni ish bilan ta’minlaydi!

25 yoshli Nodirbek Matyaqubov ishi sayyor sudda ko‘rildi. Unda maktab direktorlari, Yoshlar yetakchilari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan sayyor sudda unga 4 yillik qamoq jazosi belgilanishi borasida qoralovchi tomonidan taqdimnoma berildi.

O‘z qilmishidan qattiq pushaymonligi, bexosdan bo‘lgan harakat ekanligi, oilasining yolg‘iz boquvchisi, bir nafar farzandning otasi bo‘lganligi sababli Nodirbekni Yoshlar ittifoqi kafillikka oldi.

Unga 3 yilgacha ozodlikdan cheklash jazosi belgilandi.

Ushbu sud ishida yoshlarning yig‘ilganidan foydalanib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi bu g‘amxo‘rliklar yoshlarga jinoyatga qo‘l urib Yoshlar ittifoqi kafilligi bilan ozod etilaman, degan tushunchani paydo qilmasligi kerak. Ittifoq kafilligi qasddan jinoyat sodir etgan yoshlar uchun qo‘llanilmaydi.

— Bir ona uchun farzandining bu joyda bosh egib turishini ko‘rish naqadar azob ekanini bilsangiz edi... Hech kutmagandim o‘g‘lim uyga qaytishini. Endi o‘g‘lim yonimda bo‘ladi, farzandining ulg‘ayishini ko‘ra oladi. Prezidentimizga rahmat, Yoshlar ittifoqidan minnatdorman. Menga o‘g‘limni qaytarishda bergan yordamingiz uchun qancha tashakkur aytsam ham kam. O‘g‘lim tuman Kengashi tomonidan yaqin kunlarda ish bilan ham ta’minlanadigan bo‘ldi, — deydi Nodirbek Matyaqubovning onasi Ra’no Ishonova!