Yoshlar ittifoqi yuriskonsultlariga savolingiz bormi yoxud fuqarolar murojaatlari borasida taklifingiz mavjudmi?

“Yoshlar uylari”, “Yoshlar ittifoqi kafilligi”... Shu va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin!

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi"da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida faoliyat olib boruvchi yuriskonsultlar va Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudirlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.

O‘quv-seminar

— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi 250-sonli “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori;

— 2017-yil 19-sentyabrdagi 753-sonli “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori;

— 2017-yil 5-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida -yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumning Markaziy, hududiy va mahalliy Kengashlarida ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda adolatli, tizimli va shaffof tarzda ta’minlashiga qaratilgan.

Mashg‘ulotlarda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida yuksaltirish hamda targ‘ib qilish, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.

Ayni vaqtda mazkur o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi sudyalari tomonidan Oliy sud va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumning mazmun va mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlarda Sizni qiziqtirgan masalalar va savollaringiz bo‘lsa, +998-97-726-90-99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram messenjeri orqali bildirishingiz mumkin.

Seminar 22-yanvarga qadar davom etadi.