Yoshlar ittifoqining “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turniri start oldi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar shaxmat taxtasi” XI an’anaviy respublika ochiq turniri start oldi.
“Yoshlar” shaxmat taxtasi” respublika ochiq turniri 6 ta yosh toifasida (8 yoshgacha, 10 yoshgacha, 12 yoshgacha, 14 yoshgacha, 16 yoshgacha va 19 yoshgacha) o‘quvchi (o‘g‘il va qiz)lar o‘rtasida besh bosqichda o‘tkaziladi.
- 1-bosqich — ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida yanvar-fevral oylarida;
- 2-bosqich — ta’lim muassasalararo (mintaqa) fevral oyida;
- 3-bosqich — tuman (shahar) bosqichi mart oyining 5-sanasigacha;
- 4-bosqich — hududiy bosqich mart oyining 18-sanasigacha;
- 5-bosqich — respublika bosqichi 3-7 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
— Mazkur musobaqalar mamlakatimizda shaxmat sportini yanada kengroq targ‘ib qilish va ommaviylashtirish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish, o‘quvchilarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida o‘tkazilmoqda, — deydi Markaziy Kengash xodimi Umid Rajabov.
Quvonarlisi, yoshlarning ushbu sport turiga qiziqishi biz kutgan darajadan ham yuqori!
Kuzatamiz, 5 bosqichga qaysi yoshlarimiz yetib kelarkan...
- Qo'shildi: 20.02.2018
- Ko'rishlar: 30
- Chop etish